Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga nisbatan undiruv. Mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish Reja: 1.Undiruvni qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratish tushunchasi, tartibi, undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan summalar. 2.Undiruvni jazoni o'tayotgan qarzdorning ish haqiga qaratish, alimentni ixtiyoriy to'lash, sud tartibida undirish, aliment undirish haqidagi ijro hujjatlari va ularni ijroga topshirish muddatlari, aliment undirish haqidagi ijro hujjatlari bo'yicha ijro ishi yuritishni qo'zg'atish. 3.Aliment qarzini undirish tushunchasi bo'yicha talabalarda bilim va ko'nikma va tasavvurni shakllantirish Mavzu bo'yicha dars olib borish metodikasi: Ma'ruzani o'tish jarayonida texnologik xaritada ko'rsatilganaxborot-kommunikativ va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilishi nazarda tutiladi; Ma'ruza mavzusining dolzarbligi, o'rganilganlik darajasi, bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni haqida tushuncha beriladi; Mavzuga oid normativ huquqiy hujjatlar va Oliy sud Plenumi qarorlari bilan tanishtiriladi va tahlil qilinadi; Reja asosida slaydlar yordamida mavzuning asosiy qismi tushuntiriladi; Munozarali (nazariy) savollar o'rtaga tashlanadi va ularga baho beriladi; Muammoli masalalar tarqatiladi va ularning yechimi eshitiladi; Zaruriyat tug'ilganda, masala va savollar uyga topshiriq sifatida beriladi; Asosiy tushunchalar, savol-javoblar umumlashtirilib, ma'ruzaga yakun yasaladi. Ma'ruzaning asosiy masalalari: Qarzdor jismoniy shaxslarga nisbatan mulkiy undirishga oid ijro hujjatlarini majburiy ijro etishning asosiy turi undiruvni uning mol-mulkiga qaratishdir. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunning 64 - moddasiga muvofiq undiruv qarzdor jismoniy shaxsning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga faqat uch holatdagina qaratilishi mumkin: 1) davriy to'lovlarni undirish to'g'risidagi qarorlarni ijro etishda; 2) eng kam ish haqining ikki baravaridan ko'p bo'lmagan miqdordagi, shu jumladan yig'ma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlari bo'yicha ushbu miqdordagi pul summasini undirishda; 3) undirilayotgan summalarni to'liq uzish uchun qarzdorning mol-mulki bo'lmaganda yoki uning mol-mulki yetarli bo'lmaganda. Undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan summalar. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunning 69 - moddasiga muvofiq undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas: - mayib bo'lganlik yoki sog'liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli ko'rilgan zararni to'lash summalariga; - xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida mayib bo'lgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok bo'lgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila a'zolariga to'lanadigan summalarga; - bola tug'ilganligi munosabati bilan to'lanadigan summalarga; - aliment majburiyatlari bo'yicha to'lanadigan summalarga; - mehnat sharoiti noqulay va o'ziga xos bo'lgan ishlar uchun to'lanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya ta'siriga uchragan shaxslarga va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda to'lanadigan summalarga; - homiladorlik va tug'ish bo'yicha to'lanadigan nafaqa summalariga; - dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga; - qisman haq to'lanadigan ta'til davrida bolani parvarishlash uchun to'lanadigan summalarga; ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.48 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.48 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: docx