Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar

Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar

O'quvchilarga / Huquq
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar - rasmi

Material tavsifi

Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar Reja: Jinoyat huquqida qilishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar tushunchasi va turlari. Zaruriy mudofaa tushunchasi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish. Buyruq yoki vazifani ijro etishda zarar yetkazish. Kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq bo'lgan asosli tavakkalchilik. Sudda ko'rilib, jinoiy javobgarlikka loyiq deb topilgan ishlar o'zining obyektiv va subyektiv belgilariga ko'ra jinoiy qilmishdan iborat bo'ladi. Ayrim hollarda bunday qilmishlar ijtimoiy xavfli bo'lmasdan, balki ijtimoiy foydali bo'lishi ham mumkin. Bunday harakatlar jinoyat huquqida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb ataladi. Jinoyat huquqida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi shunday holatlar mavjudki, ular tashqi tomondan jinoyatga o'xshasada, biroq jinoiy javobgarlikka loyiq, jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan munosabatlarga zarar etkazuvchi ijtimoiy xavfli qilmish, deb topilmaydi, aksincha, ijtimoiy foydali hisoblanadi. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar deyilganida jinoyat belgilari mavjud bo'lsa ham, jinoyat deb hisoblanmaydigan harakatlar tushuniladi. Bunday holatlarning Jinoyat kodeksidagi belgilanishi insonparvarlik va adolat tamoyillariga amal qilinganligidan darak beradi. Bunday holatlar ijtimoiy foydalilik hisoblanadi va ularning sodir etishiga qonunda yo'l qo'yilgan. Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning belgilanishi: bir tomondan jinoiy repressiya choralarining kamayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan fuqarolarning huquqiy faolligini kuchaytiradi. Uzbekistan Respublikasi Jinoyat kodeksining 35-moddasida bunday holatlarning umumiy tushunchasi va turlari berilgan. Ushbu moddaning birinchi qismida: «qilmishda ushbu kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo'lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g'ayriqonuniy yoki aybli bo'lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi»,- deyilgan. Ushbu moddaning 2-qismida esa qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning turlari ko'rsatilgan. Bularga: kam ahamiyatli qilmishlar (36-modda); zaruriy mudofaa (37-modda); oxirgi zarurat (38-modda); ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish (39-modda); buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish (40- modda); kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq asosli tavakkalchilik (41modda) kiradi. Kam ahamiyatli qilmishlar. Hayotda shunday qilmishlar uchraydiki, unda qonunda nazarda tutilgan alomatlari mavjud bo'lsa-da, o'zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfliligi juda kam bo'ladi, jabrlanuvchi uchun etkazilgan zararning miqdori deyarli ahamiyatga ega bo'lmaydi. Shuni etiborga olib, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 36-moddasida kam ahamiyatli qilmishlar tushunchasi berilib, bunday harakatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar turkumiga kiritilgan. Kam ahamiyatli qilmishlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar turkumiga kiritilgan bo'lsa-da, huquqqa xilofligi, aybning mavjudligiga ko'ra boshqa qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlardan farq qiladi, boshqa turlariga bunday xususiyatlar xos emas va ular ijtimoiy foydali huquqiy harakatlardir. Kam ahamiyatli qilmish sodir etilganida ijtimoiy xavfli oqibat yuz bermaydi yoki qonun bilan qo'riqlanadigan obyektga juda oz zarar etkaziladi. Qilmishni kam ahamiyatli deb hisoblashda obyektiv (qilmishni sodir qilish sharoiti, kelib chiqqan oqibatning jabrlanuvchi uchun ahamiyatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.3 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.3 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga