Kimor va garov o'yinlari o'tkazish Reja: 1.Kimor o'yinlarini o'tkazish. 2.Garov boylash. FKning 56-bobida kimor va garov o'yinlari o'tkazishning huquqiy oqibatlari belgilab qo'yilgan. FKning 983-moddasi: Kimor va garov o'yinlari uyushtirish hamda ularda ishtirok etish bilan bog'liq talablar. fuqarolar va yuridik shaxslarning tavakkalchilikka asoslangan kimor yoki garov o'yinlar ( kimor va bas boylash) uyushtirish yoki ularda ishtirok etish bilan bog'liq talablari sudda himoya kilinmaydi, kimor yoki garov o'yinlar aldov, zuravonlik, tahdid qilish ta'sirida yoxud o'z vakilining kimor yoki garov o'yinlari tashkilotchisi bilan garazli kelishuvi tufayli ishtirok etgan shaxslarning talablari bundan mustasno. Bas boylash deganda ikki yoki bir necha shaxs o'rtasida malum bir hodisaning ruy berishi yoki ruy bermasligi, malum bir subyekt tomonidan biron narsaga erishish yoki erishmasligi haqida bas boylanadi. Bunda taraflarning qarama-qarshi fikrlari farq kiladigan, bas bog'lashishda kimning fikri to'g'ri bulsa, usha golib chikadi va mulkka erishadi. Bazi xususiyati bilan u sharti kechiktirilgan bitimlarga uxshab ketadi. Bas predmeti bo'yicha taxmin kilinayotgan narsaga erishish taraflarning erki-irodasiga bog'liq bo'lishi mumkin yoki bulmasligi mumkin. Masalan: ikki futbol ishkibozi tomoni bas boylashida ruy beradigan hodisa tomonlarning erk-irodasiga bog'liq bulmaydi. Agarda futbol ishkibozlari o'rtasida o'yinchining malum o'yinda gol urishi yoki gol urolmasligi to'g'risida bas boylash, kimor va bas boylash to'g'risidagi o'yinlardan farq qilib, kungilochar o'yinlar hisoblanadi. Kungilochar o'yinlarda yutish va yo'tkazish mavjud bulsa xam mulkiy manfaat mavjud bulmaydi. Kimor o'yinlariga ruju kuyish, uni doimiy kasb qilish axok nuqtai nazaridan salbiy baholanadi. Kimor o'yinlari ayrim xollarda qonunlar bilan takiklanadi. Kimor o'yinlari bilan bog'liq bo'lgan talablar, yani yutukni bermaslik, yo'tkazilganlikni tan olmaslik sud orqali himoya kilinmaydi. Agarda kimor vag arov o'yinlari aldov, zuravonlik,tahdid qilish ta'sirida yoxud o'z vakilining kimor yoki garov o'yinlari tashkilotchisi bilan garazli kelishuvi tufayli ishtirok etgan shaxslarning talablari (aldash orqali yutish, kimor uynashga majbur eti shva shu kabi xollarda) agar talab qiluvchi shaxsning huquq va manfaatlariga putur etkazadigan bulsa, suda himoya qilinishi mumkin. Bunda FKning 122-123-moddalarida ko'rsatilgan oqibatlar vujudga keladi. FKning 984-moddasida lotareyalar, totalizatorlar va boshqa o'yinlarning davlat tomonidan o'tkazilishi bilan bog'liq o'ziga xos xususiyatlar belgilab qo'yilgan. Lotareyalar, totalizatorlar, o'zaro bas boylashishlar va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o'yinlar tashkilotchisi - davlat, vakolatli davlat organian ruxsatnoma (litsenziya) olgan shaxslar va o'yinlarning ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlar shartnomaga asoslanadi. Bunday shartnoma lotareya bileti qiymatini tulagan yoki o'yina ishtirok etishga boshqa tarzda xak tulagan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Bunday shartnomalar real shartnomalar hisoblanadi. o'yin tashkilotchisi bilan o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi shartnoma tuzish to'g'risidagi taklif o'yinlarni o'tkazish muddati va yutukni aniqlash tartibi hamda uning miqdori haqidagi shartlarni o'z ichiga olgan bo'lishi lozim. Taklifda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.32 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.32 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: doc