Qishloq va suv xo'jaligi hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash sohalarini boshqarish

Qishloq va suv xo'jaligi hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash sohalarini boshqarish

O'quvchilarga / Huquq
Qishloq va suv xo'jaligi hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash sohalarini boshqarish - rasmi

Material tavsifi

Qishloq va suv xo'jaligi hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash sohalarini boshqarish Qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning asosiy negizi bo'lgan davlat va jamoa xo'jaliklarining xo'jalik-moliyaviy faoliyati sobiq Ittifoq davrida yuqoridan pastga qarab boshqarilar, yani u ma'muriy-buyruqbozlik usuliga asoslangan edi. Asosiy ishlab chiqaruvchi kuch dehqonning zarur qurollari: yer, suv, imorat, inshoot va texnika umumiy mulk bo'lganligi bois, tayyor mahsulotlarni mustaqil tasarruf qilish cheklangan, uni erkin taqsimlash huquqi yo'q edi. Qishloq xo'jaligida kolxoz-kooperativ mulki boshqaruvi va sovxoz davlat mulki boshqaruvi mavjud edi. Boshqaruv siyosatining buzilganligi, asosan buyruqbozlik prinsipiga amal qilinganligi, yakkahokimlik asosiy mezonga aylanganligi sababli boshqaruv izdan chiqdi, natijada sovxozning tashkiliy tuzilishi zamon talabiga javob berolmadi. ma'muriy-buyruqbozlik usuli bozor sharoitiga mos kelmay qolganligi natijasida qishloq xo'jaligi boshqaruvida, mulkka egalik qilishda, mahsulotlarni tasarruf etishda iqtisodiy islohotni amalga oshirish zaruriyatga aylandi. Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotni yanada chuqurlashtirish choralari to'g'risida»gi 1993 yil 7 yanvar, «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotni chuqurlashtirish tadbirlari» haqidagi 1993 yil 15 mart qarorlarida bozor iqtisodiyoti talablari, hozirgi zamon qishloq xo'jaligining ahvoli hisobga olingan holda kelgusida bajarilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar belgilab berildi. Qarorga ko'ra, qishloq xo'jaligida bundan keyin umumiy xususiy mulkchilikka asoslangan ijara xo'jaliklari, jamoa xo'jaliklari, kompaniyalar, aksiyadorlar, jamoa ijara xo'jaliklari, fermalari, shaxsiy mulk egalari, oila kompaniyalari kabi bir qator tuzilmalar faoliyat ko'rsatadigan bo'ldi. Qaror davlat xo'jaligi tuzilishidagi boshqaruvning hayotiy asosga ega emasligini isbot qildi, mulkni davlat tasarrufidan chiqarib, boshqaruvni tashkil qilish tizimida katta o'zgarishlarga olib keldi. Natijada davlat xo'jaliklari o'rniga jamoa boshqaruviga asoslangan turli kompaniyalar, jamoa va ijara xo'jaliklari tashkil topdi. Endilikda qishloq xo'jaligining asosini yuqoridan pastga qarab tuzilgan buyruqbozlik boshqaruvi emas, balki haqiqiy mulk egalari, yaratuvchilarga tayangan shirkat jamoalari boshqaruvi tashkil etadigan bo'ldi. Qishloq va suv xo'jaligini boshqarish vazifasi O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligiga yuklatilgan. Vazirlik to'g'risidagi Nizom O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 30 martdagi 160-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari hisoblanadi: - qishloq xo'jaligida raqobatni rivojlantirish, yer, suv va o'rmon resurslaridan samarali va oqilona foydalanish asosida qishloq xo'jaligi mahsulotlarining eng muhim turlarini barqaror etishtirishni, qishloq infratuzilmasini yanada rivojlantirishni, ish bilan ta'minlash va aholi farovonligining yaxshilanishini taminlovchi dehqonchilik, suvdan foydalanish hamda agrotexnologiyalarning ilg'or tizimlarini chuqur o'rganish va joriy etishga asoslangan yagona siyosatni amalga oshirish; qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi, qishloqda mulkchilikning va xo'jalik yuritishning turli shakllarini, ijara va pudrat ichki xo'jalik munosabatlarining rivojlantirilishi yuzasidan monitoring olib borish; suv resurslari muhofaza qilinishini va ulardan oqilona ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.17 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.17 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga