Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi)ning huquqiy holati Reja: 1. Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi)ning huquqiy holatiga umumiy tafsif 2 . Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi)ga a'zolik 3. Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi)ni boshqarish 4. Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi)ning mol-mulki 5. Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) faoliyatining asoslari Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) tovar, qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtirish uchun paychilik va asosan oila (jamoa) pudratiga, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo'jalik yurituvchi subyektdir. Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodkesiga muvofiq tijorat tashkiloti hisoblanib, qishloq xo'jalik korxonalarning bir turidir. Qishloq xo'jaligi kooperativlarining faoliyati quyidagi prinsiplarga asoslanadi: kooperativga a'zolikning ixtiyoriyligi va undan erkin chiqish mumkinligi; kooperativ faoliyatida a'zolarning o'z mehnati bilan ishtirok etishi shartligi; mahsulot yetishtirish va mehnatni xo'jalik ichida asosan oila (jamoa) shartnomasi asosida tashkil etish; kooperativ (shirkat) a'zolarining mehnatiga ishlab chikargan mahsuloti (bajarganligi) xajmiga, sifatiga qarab haq to'lash; yakuniy daromadni (foydani) kooperativ (shirkat) a'zolari o'rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlash; boshqaruvning demokratik xususiyati, qarorlar kabul qilishda huquqlar tengligi (koopreativ (shirkatniig) bir a'zosi - bir ovozga ega bo'lishi); kooperativ (shirkat) ustavida nazarda tutilgan tartibda uning ishi ustidan kooperativ (shirkat) a'zolarining nazorat qilishi; yer uchastkalaridan qat'iy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarning muhofaza qilinishini va tuproq unumdorligining oshirilishini ta'minlash. Qishloq xo'jaëigi kooperativi (shirkat xo'jaligi) oldingi kolxozlarda (jamoa xo'jaliklardan) farqi shirkat a'zolarni xo'jalik mol-mulkidagi real ulushini pay tariqasida belgilanganidan iboratdir. Shirkat xo'jaligi faoliyatining asosiy turi qishloq xo'jalik mahsuloti yetishtirishdir. Shirkat xo'jaligi qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtirish bilan bir katorda o'shirkat xo'jaligining o'z hududida ham, shuningdek undan tashqarida ham qishloq xo'jalik xom ashyosini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste'mol mollari, ishlab chiqarish-texnika ahamiyatiga ega bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, savdo-sotiq, ta'mirlash va qurilish ishlari, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatish, shuningdek qonunlarda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugullanishga haqli. Agar qonun hujjatlarga muvofiq shirkat xo'jaligi amalga oshirmoqchi bo'lgan faoliyat turi litsenzyalashtiriladigan faoliyat turiga taalluqli bo'lsa, faqat belgilangan tartibda litsenziya olinganidan so'ng amalga oshirilishi mumkin. Qishloq xo'jaligi kooperativi uning muassislari tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi. Qishloq xo'jaligi kooperativi a'zolarining soni kooperativ (shirkat) faoliyati ixtisoslashuvidan kelib chiqib uning ustavida belgilab qo'yiladi. Shirkat xo'jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuman hokimligida davlat ro'yxatiga olingan kundan boshlab tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs huquqlariga ega bo'ladi. Qishloq xo'jaligi kooperativi mustaqil balansga, bank muassasasida hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarga, nomi yozilgan muhrga ega bo'ladi. Shirkat xo'jaligining faoliyati O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risidagi Qonuni, Yer kodeksi, Soliq kodesi O'zbekiston Respublikasi Prezidetining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.66 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.66 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: doc