Qishloq xo'jaligi korxonalarida mehnatga haq to'lashni huquqiy tartibga solish Reja: 1. Qishloq xo'jaligi korxonalarida mehnatga haq to'lash tushunchasi, asosiy tamoyillari va xususiyatlari. 2. Qishloq xo'jaligi korxonalari xodimlariga kafolatli va kompensatsiya to'lovlari to'lash. 3. Qishloq xo'jaligi korxonalarida mehnatga haq to'lashning turlari, tizimlari va shakllari 4. Qishloq xo'jalik korxonalari rahbarlari mehnatiga haq to'lash tartibi 5. Qishloq xo'jalik korxonalarida daromadlarni taqsimlashning huquqiy asoslari Respublika aholisining, shu jumladan mehnatga yaroqli bo'lgan aholining ham 60 % ko'prog'i qishloq joylarida istoqomat qilishi bozor munosabatlariga o'tishning murakkab sharoitlarida ularni ish hamda tirikchilik o'tkazish manbai bilan ta'minlash vazifasini mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy barqaror sharoiti uchun dolzarb qilid qo'ymoqda. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mehnatning miqdori va sifatiga yarasha eng ko'p miqdori cheklanmagan holda ish haqi olish, kamsitilmaslik huquqi asosiy iqtisodiy asosiy iqtisodiy huquqlardan biri sifatida e'tirof qilingan. Ushbu konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirish yo'llari Mehnat kodeksi va boshqa mehnatga oid qonun hujjatlarida mustahkamlangan. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 153-moddasiga ko'ra, mehnatga haq to'lash tizimi o'z ichiga xodimning bajargan ishiga munosib ish haqi to'lash masalalariga oid bo'lgan, Mehnat kodeksi, boshqa qonun hujjatlari, lokal me'yoriy hujjatlar, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat munosabatlari tizimidan iboratdir. Ish haqi odatda pul shaklida, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa belgilab qo'yilgan tartibda natura holida ham amalga oshirilishi mumkin. Mehnat qonunchiligi yollanib ishlovchi xodimlarga ish vaqti normasi va o'z xizmat burchlarini bajargani taqdirda belgilab qo'yilgan eng kam ish haqi olishlarini kafolatlaydi. Bunday kafolat mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha korxona va tashkilotlarda yollanib ishlovchi xodimlarga berilgan. Mukofot, ustama va qo'shimcha haqlar eng ish haqi tarkibiga kirmaydi. Eng kam ish hashi jamoa shartnomasi yoki kelishuvlarida ayrim tarmoq, kasb, tashkilot xodimlari uchun nazarda tutilgan ta'rif stavkasining eng kam miqdori bilan adashtirb yubormasligi lozim. O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 199 yil 30 iyulda 788-son bilan ro'yxatga olingan «Yollanib ishlovchilarning soni va ish haqi statistikasi to'risidagi yo'riqnoma»ga ko'ra korxonada yollanib ishlayotgan, shuningdek mulk paylariga ega bo'lgani (ishlayotgan mulkdor) holda korxona tarkibida hisobga olinuvchi shaxslarga ish haqi to'lanishi lozim. Qishloq xo'jaligi korxonalarida yollanish asosida yoxud a'zo bo'lgani holda mehnat qilayotgan shaxslar mehnatga haq to'lash amalga oshiriladi. Yollanib ishlovchi xodimga Mehnat kodeksi, boshqa mehnat qonunchiligi aktlari, lokal me'yoriy hujjatlar, mehnat shartnomasining shartlariga ko'raish haqi to'lanadi. Korxona mol-mulki va mablalarining bir qismiga egalik qiluvchi xodimlarga ularning bajargan ishiga ko'ra ish haqi to'lanadi va ayni paytda ular korxona olgan foyda (daromad)dan ham o'zlariga tegishli bo'lgan ulushni olishga haqli bo'ladilar. Korxona mulkdorlari tarkibiga kiruvchi shaxslar mehnatiga haq to'lashning shartlari qishloq xo'jalik korxonasi ichki lokal hujjatlari (kooprerativ (shirkat xo'jaligi) Ustavi, boshqaruv organining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.58 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.58 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: doc