qishloq xo'jaligida ijara munosabatlarini huquqiy tartibga solish Reja: qishloq xo'jaligida ijara munosabatlari tushunchasi va huquqiy tabiati. qishloq xo'jaligida ijara huquqiy munosabatlarining vujudga kelish asoslari qishloq xo'jaligida ijara huquqiy munosabatlarining subyektlari va obyektlari. qishloq xo'jaligida ijara huquqiy munosabatlarining mazmuni hozirgi vaqtda huquqiy va iqtisodiy adabiyotlarda ijara tushunchasini aniqlash masalasiga alohida etibor berilmokda. Ijara tushunchasi to'g'risida aniq tasavvurga ega bulmasdan uning mohiyatini tula anglamasdan turib, ijara munosabatlarini amliyotga, xo'jalik faoliyati yuritishga xar tomonlama, tula, to'g'ri va keng joriy etish mumkin emas. Shuning uchun ijara to'g'risida aniq va chuqur ilmiy tushunchaga ega bo'lish, uning tub mohiyatini ochib berish xalq xo'jaligida, xususan qishloq xo'jaligida ijara munosabatlarini keng joriy etish va rivojlantirish uchun o'ta muhimdir. Shu sababdan ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy masalalarga oid ilmiy, ilmiy-ommabop asarlarda ijara tushunchasini aniklashga qaratilgan kuplab fikrlarni, qarashlarni ko'rish mumkin. Chunonchi, bir guruh olimlar ijara tushunchasini ochib berishda unga nisbatan xo'jalik yuritish shakli va usuli sifatida yondoshadilar, ijarani bevosita ishlab chiqarish munosabatlari bilan chambarchas bog'liq holda tasavvur etadilar. Masalan, M.Lapusta va V Maslennikovlarning yozishlaricha, Ijara - mulkni yollash uchun topshirayotgan mulk egasi va mulkni yollayotgan ijarachi o'rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarining shakli bo'lib, bunda mulk ijarachiga mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish) maqsadida egallash va foydalanish uchun malum mezon asosida beriladi.1 Shunday fikrni R.D.Ruziev xam kullab-quvvatlaydi, uning aytishicha, ijara - mulkdan foydalanishni amalga oshirish shakli, xo'jalik yuritish usulidir2 . Shunday qilib, mazkur mualliflar ijarani ishlab chikaruvchi bilan ishlab chiqarish vositalari hamda mulkni bir biriga uzviy boglab, ulardan tularok, unumlirok, samaralirok foydalanish yo'li va usuli sifatida kursatadilar. Bazi mualliflar ijara xo'jalik hisobi munosabatlarining oliy ko'rinishdagi shakli deb ta'rif beradilar. Masalan, N.Kopanevning fikricha, Ijara qishloq xo'jaligi tizimi sharoitida ishlab chiqarish vositalari egalari (ijaraga beruvchi) bila n u yoki bu guruh xodimlar yoxud ayrim xodimning yerdan va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishdagi xo'jalik hisobi munosabatlarining oliy shaklini uzida ifodalaydi.1 Shunday qilib, N. Kopanev ijarani ishlab chikaruvchi bilan ishlab chiqarish vositalarini bir-biriga uzviy boglab, xo'jalik hisobi asosida ulardan samarali foydalanish usuli sifatida karaydi. Ijara tushunchasi to'g'risida fikr yuritganda, shuni alohida takidlash kerakki, maxsus adabiyotlarda ijara, pudrat hamda mulkiy yollanish tushunchalari aralashtirib yuborilyapti. Buni biz maslan, Yu.V. Temniyning ijaraga bergan ta'rifida ko'rishimiz mumkin. Uning yozishicha: Ijara - bu mulkiy yollanishdir. Shunday mulkiy yollanish bo'yicha kishilar o'rtasidagi munosabat ijara munosabatlaridir.2 Ijara tushunchasini bu holda talqin qilish bilan aslo kelishib bulmaydi. Mulkiy yollanish shartnomasi fuqarolik huquqining bir instituti bo'lib, fakat mol-mulk munosabatlaridagina kullaniladi.Ijara tushunchasi esa ancha keng bo'lib, barcha ko'rinishdagi mulkchilik munosabatlariga nisbatan taalukli bo'ladi. Aytish lozimki,ijara, ijara pudrati va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.43 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.43 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: doc