Qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish huquqi

Qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish huquqi - rasmi

Material tavsifi

Qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish huquqi REJA: 1. Qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish huquqi tushunchasi va gidromodul rayonlashtirish 2. Qishloq xo'jaligida suvdan foydalanishni rejalashtirish va uning o'ziga xos xususiyatlari 3. Qishloq xo'jaligida suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari 4. Qishloq xo'jaligi yer fondida yordamchi yerlarni sug'orish tartibi O'zbekiston Respublikasi agrar Respublika bo'lgani uchun ham davlat va jamiyatning asosiy e'tibori qishloq xo'jaligiga qaratilgan. Chunki bu halq xo'jaligi sohasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 30 foizidan ortig'ini, valyuta tushumining 55 foizini va tovar almashinuvining 70 foizini ta'minlaydi. Respublika aholisining 60 foizidan ortig'i qishloqda istiqomat qilmoqda. Fuqarolarimiz uchun birlamchi ehtiyoj bo'lgan oziq - ovqat mahsulotlarning aksariyati agrar sohada ishlab chiqarilmoqda. Shunisi alohida e'tiborga loyiqki, qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining 93-95 foizi sug'oriladigan yerlardan olinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2002 yil 14 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining 2001 yil yakunlari bo'yicha qilgan ma'ruzasida, - «Sug'orishga yaroqli suvdan tejab-tergab, samarali foydalanishga, sug'orish va irrigatsiyaning tizimlarini joriy qilishga, suvdan foydalanish intizimoni kuchaytirishga, bu borada yaxshi natijalarga erishayotganlarni esa rag'batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash nihoyatda zarur ekanligi va bu masala orqaga surib bo'lmaydigan muammoga aylanib borayotganini tushunish mushkul emas», - degan edi. qishloq xo'jaligi tovar mahsulotini yetishtirish mobaynida yuzaga keladigan barcha ijtimoiy munosabatlar agrar munosabatlar turkumiga kiradi. qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish deb qishloq xo'jalik tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida qonuniy tashkil etilgan qishloq xo'jaligi huquqi subyektlarining suv resurslaridan foydalanishdagi huquq va majburiyatlariga aytiladi. qishloq xo'jalik subyektlariga qishloq xo'jalik kooperativlari (shirkat xo'jaliklari), dehqon va fermer xo'jaliklari, ijara jamoalari, yordamchi xo'jaliklar, davlat xo'jaliklari va boshqalar kiradi. Ular yerda o'simlikni o'stirishda zarur bo'lgan suv rejemini ta'minlash uchun suv resurslaridan foydalanish huquqlariga egadirlar. Suv obyektlaridan qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish - suvdan me'yorlar bo'yicha foydalanishning belgilangan yo'siniga rioya etgan holda suvdan umumiy foydalanish taritibida ham, maxsus foydalanish tartibida ham amalga oshiriladi. Fermer va dehqon xo'jaliklarining suvdan foydalanish limitlari ularning roziligisiz o'zgartirilishi mumkin emas. Lekin iqlim sharoitlari noqulay kelgan pallada yoki ko'zda tutilmagan faloqatli holatlarda umumiy va maxsus vaqolatlangan organlar, xususan Vazirlar Mahkamasi, qishloq va suv xo'jaligi vazirligining maxsus qarorlari bilan belgilangan cheklanishlar bundan istisnodir. Masalan, 200-2001 yillarda yog'ingarchilikning yetarli darajada bo'lmaganligi sababli ko'pgina viloyatlarda va ayniqsa, Xorazm va qoraqalpag'iston Respublikasi dehqon va fermer xo'jaliklarining suvdan foydalanish huquqlari cheklantirildi. Bu o'z navbatida nam ko'p talab qiluvchi madaniy o'simliklar, xususan sholi ekishni cheklashga olib keldi. Umuman olganda, qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish limitlari xanuzgacha 1986 yil 20 martda ittiroq qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan va «Soyuzxlopok» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan «Gidromodul rayonlashtirish va qishloq xo'jalik ekinlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.71 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.71 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga