Qishloq xo'jaligidagi shartnoma munosabatlariga umumiy tavsifnoma

Qishloq xo'jaligidagi shartnoma munosabatlariga umumiy tavsifnoma

O'quvchilarga / Huquq
Qishloq xo'jaligidagi shartnoma munosabatlariga umumiy tavsifnoma - rasmi

Material tavsifi

Qishloq xo'jaligidagi shartnoma munosabatlariga umumiy tavsifnoma Reja: 1. Qishloq xo'jaligida shartnoma munosabatlarining tushunchasi 2.Qishloq xo'jalik shartnomalarini tuzish va ro'yxatdan o'tkazish tartibi 3.Qishloq xo'jalik shartnomalari taraflarining huquq va majburiyatlari 4. Shartnoma majburiyatlarini bajarish tartibi, bajarmaganlik uchun javobgarlik va bajarilishi monitoringini olib borish 5. Qishloq xo'jalik shartnomalarining alohida turlari va ularning xususiyatlari. Qishloq xo'jaligi mamlakatimiz iqtisodining asosiy bo'g'inlaridan biridir. Qishloq xo'jaligini bozor talablariga muvofiq rivojlantirish ko'p hollarda qishloq hujaligi subyektlarining o'zaro aloqasiga bog'liq. Chunki xech bir subyekt faqat o'zi xech kim bilan aloqa qilmay «yashay» olmaydi. Qishloq xo'jaligi subyektlarining bu aloqasi avvalo ular o'rtasidagi shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni vujudga kelishi bilan bog'liq. Shartnoma tushunchasi Fkning 353-moddasida nazarda tutilgan bo'lib, unga ko'ra shartnoma bu ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o'zgartirish va bekor qilishga qaratilgan kelishuv hisoblanadi. FKning 8-moddasiga ko'ra, shartnomalar taraflar o'rtasida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biridir. Agar mazkur norma talablaridan kelib chiqadigan bo'lsak, qishloq xo'jaligi shartnomasi bu qishloq xo'jaligi subyektlarining huquq va majburiyatlarni vujudga kelish, o'zgartirish va bekor qilish bilan bog'liq kelishuvidir degan xulosaga kelishimiz mumkin bo'ladi. Shartnoma tushunchasi, mohiyati, tuzish va bekor bo'lish asoslari fuqarolik huquqida batafsil o'rganiladi, shu sabab u xususda alohida to'xtalmasdan, asosiy e'tiborni qishloq xo'jalik shartnomalariga qaratish maqsadga muvofiq. Zero qishloq xo'jalik shartnomalarining asosiy umumiy qoidalari aynan shu fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Shartnomalar tuzishning erkinligi, undan taraflarning o'zaro manfaatdorligi ayni kunda qishloq xo'jalik shartnomalariga xos xususiyat hisoblanadi. Zero bu erkinlik fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari umuman qishloq xo'jalik subyektlarining erkin mehnat qilishini, o'z mehnatining natijasini mustaqil realizatsiya qilishini, manfaatdorlik xissini o'yg'onishini ta'minlab bermoqda. Ayni kunda qishloq xo'jaligi shartnomalarini tuzish va bajarishni ta'minlash maqsadida hamda sohani tezkor va ta'sirchan huquqiy mexanizmini yaratish uchun mamlakatimizda Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari to'g'risida 2003 yil 24 martdagi PF-3226-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.09.2003 yilgi «Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan tayyorlov, xizmat ko'rsatish tashkilotlari o'rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro'yxatdan o'tkazish, bajarish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to'g'risida»gi Nizom qabul qilindi. Mazkur va bunga o'xshash qonun hujjatlari qishloq xo'jalik shartnomalarini tuzish va bajarish monitoringi yuritishni tartibga soladi. Bular o'z navbatida tuzilgan shartnomalarni tezroq va realroq ishlashiga xizmat qilmoqda. Bular ichida maxsus «Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan tayyorlov, xizmat ko'rsatish tashkilotlari o'rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro'yxatdan o'tkazish, bajarish, shuningdek, ularning bajarilishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 119.51 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 119.51 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga