Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarning huquqiy holati

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarning huquqiy holati

O'quvchilarga / Huquq
Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarning huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarning huquqiy holati Reja: 1. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar huquqiy holatining tushunchasi. 2. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni berish tartibi. 3. Qishloq xo'jalik kooperativi (shirkat xo'jaligi)ning yerdan foydalanish huquqi. 4 Fermer xo'jaligining yerdan foydalanish huquqi. 5. Dehqon xo'jaligining yerdan foydalanish huquqi. O'zbekiston Respublikasi Yer fondi tarkibida qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan yerlar mustaqil toifani tashkil etadi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ular alohida ahamiyatga ega bo'lib, asosiy vosita sifatida harakat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 43-moddasiga ko'ra, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar deb Qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun berib qo'yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar tushuniladi. Yerlarni maqsadli belgilash, ya'ni ularni yaroqliligi darajasidan kelib chiqib foydalanish xo'jaliklararo hamda ichki xo'jalik yer tuzish loyihalari natijalariga ko'ra belgilanadi. Shunday qilib, bu loyihalar xo'jaliklarga ma'lum qism yerlardan qishloq ho'jalik maqsadlarida foydalanish imkoniyatini beradi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar mamlakat yagona yer fondida maydon jihatidan ikkinchi o'rinda turadi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar O'zbekiston Respublikasi hududining 50 % ini egallagan bo'lib, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida asosiy vosita hisoblanadi va mamlakat xalq xo'jaligida alohida ahamiyatga ega. Qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan yerlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, bu yerlar qishloq xo'jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 1-moddasida yer umummilliy boylik, O'zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi deb ta'kidlangandir. Qishloq xo'jaligi maqsadlarida foydalanish ko'zda tutilgan barcha yerlar, xalq xo'jaligini qishloq xo'jaligi mahsulotlariga tobora o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida yer islohoti va qishloq xo'jaligi islohoti talablariga muvofiq qishloq xo'jaligi yuritish faoliyati bilan shu¦ullanuvchilar tomonidan foydalaniladi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar avvalo, qishloq xo'jaligi korxonalariga beriladi. O'zbekiston Respublikasi Yer Kodeksida belgilanishicha, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar qishloq xo'jaligini yuritish uchun zarur bo'lgan qishloq xo'jaligi yerlari va daraxtzorlar, ichki xo'jalik yo'llari, kommunikatsiyalar, o'rmonlar, yopiq suv havzalari, binolar, imoratlar va inshootlar egallangan yerlarga ajraladi (43-modda). Shuningdek haydaladigan yerlar, nichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq yerlar, ko'p yillik dov-daraxtlar (bo¦lar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt kuchatzorlari, mevazorlar va boshqalar) egallagan yerlar ham qishloq xo'jaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar ichida su¦oriladigan yerlar muhim o'rinni egallaydi. Su¦orish uchun yaroqli bo'lgan, suv resurslari shu yerlarni su¦orishni ta'minlay oladigan su¦orish manbai bilan bo¦langan doimiy yoki muvakkat su¦orish tarmo¦iga ega bo'lgan yerlar su¦oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Yer uchastkalaridan foydalanish maqsadiga qarab qishloq xo'jalik korxonalari yerlari tovar qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtirishga mo'ljallangan hamda qishloq xo'jaligiga muljallanmagan yerlarga (uy-joylar, binolar, inshootlar, yo'llar va x.k.) bo'linadi. Suv bilan ta'minlanganlik darajasiga qarab qishloq xo'jaligi korxonalari yerlari su¦oriladigan yerlar hamda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.14 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.14 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga