Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan tartibga solish Reja: 1. Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan tartibga solishning tushunchasi maqsadi, yo'nalishlari va xususiyatlari 2. Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan tartibga solishning shakllari, tamoyillari. 3. Qishloq xo'jaligini tartibga soluvchi davlat organlari tizimi ularning asosiy yo'nalishlari. Qishloq xo'jaligi Respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi sohasi sifatida muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun xam agrosanoat majmuida amalga oshirilayotgan siyosiy , ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi islohotlarni amalga oshirish bozor iqtisodiyoti qoida talablarini joriy etish, xilma-xil mulk shakllari rivojlantirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqish jarayonini ta'minlashda davlat boshqaruvi muhim ahamiyatga egadir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o'z asarlarida mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion islohotlar asosida o'tish va tub islohotlarni amalga oshirishda davlat bosh islohotchi, tashkilotchi bo'lishi tamoyilini ilgari suradilar. «Qishloq xo'jaligini boshqarishning asosiy tamoyillarini aniq belgilab olish va tartibga solish fursati allaqachon etdi: mamlakat miqyosidagi rahbar idora - qishloq va suv xo'jaligi vazirligi nima uchun javob beradi, viloyat va tuman darajasidagi rahbar va mutasaddilar qanday masalalar uchun masul ekanini va nihoyat, xo'jalik, yani mahsulot ishlab chiqaruvchilarning vazifalari va mas'uliyatini huquqiy jihatdan aniq belgilab qo'yish zarur». Qishloq xo'jaligida olib borilayotgan tub islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni ta'minlashda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabr N PF-3358 sonli Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to'g'risida farmoni muhim ahamiyatga egadir. Takidlaz lozimki, qishloq xo'jaligini davlat tomonidan tartibga solish deganda agrosanoat majmuida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan davlat boshqaruv organlari faoliyati tushuniladi. Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi aholini sifatli qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta'minlash, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash va aholining ijtimoiy holatini yaxshilashdan iboratdir. Ushbu maqsadni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari oldida mas'uliyatli vazifa va yo'nalishlarni belgilashni taqazo etadi. Shuni takidlash kerakki, bugungi kundagi qishloq xo'jaligini davlat tomonidan tartibga solish yuzasidan olib borilayotgan faoliyat yo'nalishining xilma-xilligi, murakkabligi va mazmun-mohiyati bilan sobiq sotsialistik qishloq xo'jalik ishlab chiqarish jarayonini tartibga solish yuzasidan davlat boshqaruvidan tubdan farq qiladi. Sobiq SSR agrosanoat majmuini boshqarishda markazlashgan davlat boshqaruv organlari tizimi orqali ma'muriy buyruqbozlik chora-usullari asosida to'g'ridan-to'g'ri amalga oshirilar edi. Bu holat esa o'z navbatida qishloq xo'jalik korxonalarining mustaqilligini cheklash, tadbirkorlik faoliyatini bo'g'ish, qishloq xo'jalik korxonalarining iqtisodiy manfaatdorligini pasayishi va qishloq xo'jalik mahsulotlarini o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi kabi oqibatlarga olib kelardi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan agrar islohotlarning mazmun - mohiyoti davlat boshqaruv organlarining agrosanoat majmuini tartibga solish chora-tadbirlari bilan bir qatorda asosan iqtisodiy chora va usullarni qo'llanishini talab etadi. Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan tartibga solish birinchidan, qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarga qulay shart-sharoitlar yaratib berish, ularning iqtisodiy va xo'jalik ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.67 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.67 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:56 ]
Arxiv ichida: doc