Qishloq xo'jalik huquqi tushunchasi, predmeti va tizimi

Qishloq xo'jalik huquqi tushunchasi, predmeti va tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Qishloq xo'jalik huquqi tushunchasi, predmeti va tizimi - rasmi

Material tavsifi

Qishloq xo'jalik huquqi tushunchasi, predmeti va tizimi Reja: Qishloq xo'jalik huquqining tushunchasi va predmeti Qishloq xo'jalik huquqining subyektlari va obyektlari Qishloq xo'jalik huquqining subyektlari va obyektlari Qishloq xo'jalik huquqi tizimi Qishloq xo'jalik huquqining huquq tizimida tutgan o'rni va boshqa qondosh huquq tarmoqlari bilan o'zaro nisbati Qishloq xo'jalik huquqi mamlakatimiz huquq tizimida mustaqil huquq sohalaridan biri hisoblanadi. Mustaqil huquq sohasi sifatida qishloq xo'jalik huquqi ma'lum turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Qishloq xo'jalik huquqi tartibga soladigan ushbu ijtimoiy munosabatlar o'ziga xosligi, ma'lum turda bo'lishligi, umumiy jihatlari, bir maqsadga yo'naltirilganligi bilan xarakterlanadi. Qishloq xo'jalik ijtimoiy munosabatlarining umumiy birligini uning qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga qaratilganligi bilan izohlash mumkin. Xuddi shu maqsad bu ijtimoiy munosabatlarni bitta huquq sohasi bilan tartibga solish mumkinligini, ya'ni qishloq xo'jalik huquqi sohasini mustaqil huquq sohasi sifatida tan olishlikni bildiradi. Qishloq xo'jalik huquqining umumiy tushunchasi haqida fikr yuritganda, uning uchta tavsiflarda tushunchasi borligini ta'kidlash o'rinlidir. Shulardan birinchisi, qishloq xo'jalik huquqi O'zbekiston huquq tizimining mustaqil huquq sohasidir. Qishloq xo'jalik huquqida har bir huquq sohasi uchun kerak bo'lgan belgilar mavjud. Bular birinchidan, qishloq xo'jalik huquqi o'z maxsus predmetiga ega; ikkinchidan, u o'z maxsus huquqiy tartibga solish uslubiga ega; uchinchidan, davlat shu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni alohida tartibga soladi; to'rtinchidan, u alohida guruhlangan me'yoriy-huquqiy hujjatlar yig'indisiga ega. Ikkinchidan, qishloq xo'jalik huquqi O'zbekiston huquq fanining mustaqil sohasidir. Shu o'rinda unga huquq fanlariga tegishli bo'lgan barcha xususiyatlar xos bo'ladi. Uchinchidan, qishloq xo'jalik huquqi maxsus o'quv kursi ham hisoblanadi. Uning o'quv kursi sifatidagi hajmi, mazmuni va maqsadlari turli o'quv yurtlarida uchun har xil bo'lishi mumkin. Yuqorida sanab o'tilgan asoslar, qishloq xo'jalik huquqi o'z tartibga solish predmetiga ega ekanligidan dalolat beradi Bunda qishloq xo'jalik huquqi normalari tartibga solishi kerak bo'lgan barcha ijtimoiy munosabatlarning markazida qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar yotadi. Huquq tizimining alohida sohasi sifatida qishloq xo'jalik huquqi maxsus tartibga solish uslubi mavjud. Bu uslubning qo'llanilishi qishloq xo'jalik ishlab ishlab chiqarishini rivojlantirish, qishloq xo'jaligida tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, mulkchilik va xo'jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratish, qishloq xo'jalik xodimlarining huquqlarini himoya qilishni ta'minlashga qaratilgan bo'ladi. Qishloq xo'jalik huquqi qishloq xo'jalik ishlab chiqarish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi uchun xizmat qiladigan me'yoriy-huquqiy asosga ega bo'ladi. Ushbu asos Konstitutsiya, Yer kodeksi qishloq xo'jalik kooperativlari to'g'risida, Fermer xo'jaligi to'g'risida, Dehqon xo'jaligi to'g'risida va qishloq qishloq xo'jalik ishlab chiqarish munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Ushbu asoslar asosan shakllangan bo'lib, u borgan sari takomillashib va rivojlanib bormoqda. Ma'lumki, huquq predmeti deganda, ijtimoiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.85 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.85 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga