qishloq xo'jalik huquqining manbalari Reja: qishloq xo'jalik huquqining manbalari tushunchasi, xususiyatlari va tasnifi. 2. qishloq xo'jalik huquqining konstitutsiyaviy asoslari. 3 . qishloq xo'jalik huquqining manbai sifatida qonunlar. 4. qonun osti me'yoriy hujjatlarining agrar munosabatlarini tartibga solishdagi ahamiyati. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan sung jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirib kelmokda. Xammamizga malumki, Respublikamiz uzining ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish darajasi va jihatlariga ko'ra agrar davlat hisoblanadi. Shuning uchun xam davlat agrar siyosatining asosiy maqsadi va vazifasi qishloq xo'jaligida xilma-xil mulkchilik shakllarini joriy etish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlikni kullab-quvvatlash hamda qishloq xo'jalik infrastrukturasini rivojlantirish asosida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlab xalqimiz ehtiyojini kondirishdan iborat. Shuni alohida takidlash kerakki, qishloq xo'jaligida amalga oshirilaetgan tub islohotlar milliy xususiyat va qadriyatlar, demokratik qonuniyatlar hamda milliy dehqonchilik an'analari asosida kabul qilingan qonunchilik hujjatlari orqali amalga oshiriladi. qishloq xo'jalik huquqi - huquq tizimining majmualashgan (kompleks) huquq sohasi sifatida o'z manbalari asosida rivojlanadi va agrar huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Shuning uchun xam agrar huquqiy munosabatlarni tartibga solishda manbalarning ahamiyati bekiyos bo'lib, qishloq xo'jalik huquqi manbalarining tushunchasi, huquq tizimidagi tutgan o'rni va o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish orqali agrar siyosatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va mazmun mohiyatini ochib berish mumkin. qishloq xo'jaligi huquqi manbalari tushunchasi haqida fikr yuritishdan oldin manbalarning huquqshunoslik fanidagi ahamiyati, mazmuni va belgilari haqida tuxtalib utish joizdir. Davlat va huquq nazariyasida huquq manbalari haqida turli shakllarda nazariy ta'riflar berilgan bo'lib, lekin ushbu nazariy ta'riflarning mohiyati quyidagi asosiy belgilar asosida namoyon bo'ladi: 1) manbalarning jamiyat hayotining turli jabhalarida malum ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi; 2) manbalarning vakolatli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan kabul qilinishi va tasdiklanishi; 3) manbalarning umummajburiy ahamiyat kasb etishi va boshqalar. Bir so'z bilan aytganda, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, vakolatli davlat organlari tomonidan urnatilgan, umummajburiy ahamiyatga ega bo'lgan qonunchilik hujjatlarining yig'indisi huquq manbalari bo'lib hisoblanadi. Shuningdek, davlat va huquqning umumiy nazariy qoidalariga asosan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish obyekt va yo'nalishlariga ko'ra huquq tizimi sohalarini mustaqil yo'nalishga ega bo'lgan asosiy sohalarga va malum munosabatlarni tartibga solishda turli huquq sohalari yo'nalish va institutlarni jalb etadigan majmualashgan (kompleks) sohalariga bo'linish i mumkin. qishloq xo'jaligi huquqi - huquq tizimining majmualashgan (kompleks) huquq sohasi bo'lib, agrar munosabatlarni tartibga solishda turli huquq sohalari, yani yer huquqi, ekologiya huquqi, mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, moliya huquqi, ma'muriy huquq va boshqa sohalardagi mavjud huquqiy norma va isntitutlardan foydalanadi. qishloq xo'jalik huquqining manbalari tushunchasi, mazmuni va xususiyatlari esa bevosita biz urganayotgan qishloq xo'jalik huquqi fanining tushunchasi va predmeti bilan chambarchas ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.16 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.16 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:56 ]
Arxiv ichida: doc