qishloq xo'jalik korxonalari mulkining huquqiy holati Reja: 1. qishloq xo'jalik korxonalari mulk huquqining o'ziga xos xususiyatlari va turlari. 2. qishloq xo'jaligida mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning asosiy yo'nalishlari. 3. qishloq xo'jalik kooperativi (shirkat xo'jaligi) mol-mulki. 4. Fermer xo'jaligining mol-mulki. 5. dehqon xo'jaligining mol-mulki Malumki, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi o'z tarkibiy qismlari bo'yicha boshqa xar qanday ishlab chiqarishlardan farq qiladi. qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida tabiiy resurslar - yer, suv albatta ishtirok etadi. Inson mehnatini qo'llash tabiiy resurslar orqali, ular vositasida amalga oshiriladi, bunda olinadigan samara xam ularning tarkibiy maxsuli bo'lib hisoblanadi. Bu holat ishlab chiqarishda vujudga keladigan mulkchilik munosabatlarida xal qiluvchi bo'lib hisoblanadi. Tabiiy resurslar mulkchilik munosabatlarining obyekti sifatida o'ziga xos huquqiy maqomga ega. Bu huquqiy maqom O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o'z ifodasini topgan. Konstitutsiyaning 55-moddasida kursatilishicha, yer, yer osti boyliklari, suvlar, o'simliklar va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylik bo'lib, ulardan oqilona foydalanishi lozim va bu tabiiy resurslar davlat tomonidan muhofaza kilinadi. Bu urinda Konstitutsiyada mulk, mol-mulk emas, balki umummilliy boylik iborasi ishlatilgani diqqatga sazovordir. Umummilliy boylik yuridik kategoriya sifatida birinchi galda obyektni kimga tegishli bo'lishini emas, balki kimlarni manfaati yo'lida foydalanish lozimligini bildiradi. Tabiiy resurslar mulk sifatida mulkiy munosabatlar tizimida, mol-mulk sifatida xo'jalik muomalasida bo'lganida ularning umummilliy boylik sifatidagi vazifasi hisobga olinadi. Bu urinda yana shuni takidlab utish o'rinliki, davlat garchi tabiiy resurslarga nisbatan mulkdor (bazi istisnolarni hisobga olmaganda mutlak huquqlar soxibi, yakka-yagona, tanxo mulkdor) bo'lib hisoblansa xam, umummilliy boylikning yagona subyekti emas (tabiiy resurslardan foydalanish bo'yicha). Davlat iqtisodiy-mulkiy munosabatlarda boshqa subyektlar bilan o'zaro munosabatlarda deyarli teng huquqiy maqomga ega va tabiiy resurslarga mulkdor sifatidagi holatdan foydalanib ustunlikka, afzallikka ega bo'lish, uni suiistemol qilishi mumkin emas. Tabiiy resurslarning umummilliy boylik maqomini hisobga olganda tabiiy resurslarni mulkdor sifatida odatdagi xo'jalik muomalasi ishtirokchisi bo'lgan davlat emas, balki siyosiy hokimiyat, suverenitet soxibi bo'lgan davlat nazarda tutiladi deb aytish mumkin. Milliy boylik-bu xalqka tegishli bo'lgan boylikdir. xalq davlat hokimiyatining yagona manbaidir (Konstitutsiyaning 7-moddasi). Davlat xalq erk-irodasini ifodalaydi, uning manfaatlariga xizmat qiladi (Konstitutsiyaning 2-moddasi). davlat siyosiy hokimiyat rolida boshqaruvni idora qilishning malum bir tashkiliy tuzilmasi , mexanizmi sifatida namoyon bular ekan, uning bu qiyofasida tabiiy resurslarga nisbatan mulkdor sifatidagi vakolatlarini amalga oshirish tartibida xam mujassamlashadi. Bu eng avvalo tabiiy resurslardan foydalanish tartibini ma'muriy vositalar orqali belgilashda yakkol kurinadi. Birok bu holatni mutloklashtirish xam to'g'ri emas. Davlat bozor munosabatlari tizimining o'ziga xos ishtirokchisi. Bozor munosabatlari esa o'z mohiyatiga ko'ra subyektlar huquqiy maqomida, mulkchilik munosabatlarida tenglik, o'zaro manfaatdorlik, ixtiyoriylikni takozo etadi. Bunda turli subyektlar o'rtasidagi munosabatalarni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.04 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.04 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:56 ]
Arxiv ichida: doc