Qishloq xo'jalik korxonalarining yerdan foydalanish huquqi

Qishloq xo'jalik korxonalarining yerdan foydalanish huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Qishloq xo'jalik korxonalarining yerdan foydalanish huquqi - rasmi

Material tavsifi

qishloq xo'jalik korxonalarining yerdan foydalanish huquqi Reja: qishloq xo'jalik korxonalarining yerdan foydalanish huquqi tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari. 2. qishloq xo'jalik korxonalari yerdan foydalanish huquqi subyektlari va obyektlari. 3. qishloq xo'jalik korxonalarining yerdan foydalanish huquqi mazmuni. 4. qishloq xo'jalik korxonalari yerdan foydalanish huquqini himoya qilish. qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda yer asosiy vosita rolini uynaydi. Shu sababdan qishloq xo'jalik korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatlarini tasavvur etib bulmaydi. Yer resurslaridan, xususan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan erlardan foydalanish qishloq xo'jalik ishlab chiqarish bilan shugullanuvchi korxonalar uchun muhim ahamiyatga ega. hozirda harakatda bo'lgan O'zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan mamlakatimizda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish bilan asosan qishloq xo'jalik kooperativlari (shirkat xo'jaliklari), fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari shugullanadilar. Ularning yerdan foydalanish huquqi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Yer Kodeksi, qishloq xo'jalik kooperativlari (shirkat xo'jaligi) to'g'risidagi qonun, Ijara to'g'risidagi qonun, Fermer xo'jaligi to'g'risidagi qonun, dehqon xo'jaligi to'g'risidagi qonun, Yer soligi to'g'risidagi qonunlari bilan tartibga solinadi. qishloq xo'jalik korxonalarining yerdan foydalanish huquqi qishloq xo'jaligi huquqining mustaqil va markaziy institutlaridan biri hisoblanadi. qishloq xo'jalik qonunchiligi korxonalari yerdan foydalanish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soluvchi bir kator huquqiy normalarni uzida jamlaydi. qishloq xo'jalik korxonalari ichida qishloq xo'jalik kooperativlari (shirkat xo'jaliklari)ning yerdan foydalanish huquqi muhim urinni egallaydi. Chunki qishloq xo'jalik kooperativlari (shirkat xo'jaliklari) qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish bilan shugullanuvchi yirik tovar ishlab chikaruvchi hisoblanadi. qishloq xo'jalik kooperativlariga (shirkat xo'jaliklariga) yer uchastkalari belgilangan maqsadda tovar qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishni yuritish uchun doimiy egalik qilish huquqi asosida beriladi. Bundan tashqari, qishloq xo'jalik kooperativlari yer uchastkalari zaruriyatiga karab qo'shimcha ravishda ijaraga yoki vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin. qishloq xo'jaligi kooperativiga (shirkat xo'jaligiga) berib qo'yilgan yerlar ikki toifaga bulinadi. Bular, birinchidan, jamoat erlaridan, ikkinchidan esa dehqon xo'jaligi yuritish uchun ajratilgan erlardan iborat bo'ladi. Ushbu toifa erlarni miqdorini belgilash qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) umumiy majlisining mutlok vakolatiga kirib, ularning chegaralarining belgilash uchun karoriga asosan amalga oshiriladi. Shuni alohida takidlash kerak, qishloq xo'jalik kooperativlari (shirkat xo'jaligi) jamoat yerlari va dehqon xo'jaligi yuritish uchun ajratilgan erlarning miqdori uzgarmas bulmasdan, ularning chegaralari umumiy majlisining karoriga binoan uzgartirilishi mumkin. Yani dehqon xo'jaligi yuritish uchun mo'ljallangan yerlar miqdori jamoa yerlari hisobiga kupaytirib borilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Yer Kodeksi va qishloq xo'jalik kooperativlari (shirkat xo'jaligi) to'g'risidagi qonunga ko'ra qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat xo'jaliklari)ga berib qo'yilgan yer uchastkalari xususiylashtirish va oldi-sotdi, garov, xadya, ayirboshlash obyektlari bo'lishi mumkin emas. qishloq xo'jalik kooperativlari (shirkat xo'jaliklari)ga yer uchastkalari doimiy egalik qilish uchun tuman yoki viloyat hokimining karoriga asosan Yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati topshirgan holda beriladi. qishloq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.72 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.72 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga