O'zbekiston RespublikaSI ADLIYa VAZIRLIGI Toshkent DAVLAT YuRIDIK UNIVYeRSITYeTI JINOYaT HUQUQI VA KRIMINOLOGIYa kafedraSI Qiynash uchun javobgarlik BITIRUV MALAKAVIY IShI Bajardi: 4-kurs Jinoiy-huquqiy faoliyat yo'nalishi talabasi N.B.Shukurova Ilmiy rahbar, Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi professori, yu.f.d. B.D.Axrarov Toshkent - 2014 M U N D A R I J A K I R I Sh 3 1-BOB. SOG'LIQQA QARShI JINOYaTLAR TUShUNChASI, YuRIDIK XUSUSIYaTLARI VA TURLARI 1.1. Sog'liqqa qarshi jinoyatlarning umumiy tushunchalari va bu jinoyatlar haqidagi qonunlarning rivojlanishi 9 1.2. Sog'liqqa qarshi jinoyatlarning umumiy yuridik xususiyatlari ….14 2-BOB. QIYNASh JINOYaTINING TUShUNChASI, QIYNOQLAR HAQIDAGI xalqaro HUJJATLAR, YuRIDIK XUSUSIYaTLARI VA KVALIFIKATSIYA QILISh MASALALARI 2.1. Qiynash jinoyatining tushunchasi va yuridik xususiyatlari25 2.2. Qiynash jinoyatining javobgarlikning og'irlashtiruvchi holatlarida kvalifikatsiya qilish masalalari 42 2.3. Qiynash jinoyat qonunining o'rni va sog'liqqa qarshi boshqa jinoyatlardan farqi 47 2.4. Qiynoq jinoyati masalalarida xorijiy tajriba va qonunlari 55 Xulosa 60 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 62 KIRISh Malakaviy bitiruv ishining dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy va siyosiy sohada amalga oshirilayotgan barcha islohotlar o'z mohiyatiga ko'ra inson manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir. Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati ham shaxs manfaatlarini himoya qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi muhim yo'nalishlaridan biri bo'lgan qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirish, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishning hal qiluvchi vazifasi bo'lib kelayotganligi xususida to'xtab o'tildi. Bu borada shaxs hayoti va salomatligi davlat siyosatining doimiy etiborida bo'lib keladi. Shaxsning hayoti yoki salomatligiga qaratilgan jinoyatlar xavfli jinoyatlar turkumiga kiritilib, bunday jinoyatlar uchun og'ir ja'zolar nazarda tutilganligini ham ko'rish mumkin. Qiynoq harakatlari ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi jinoiy qilmish hisoblanadi. Qiynoqqa solish faktining o'zi xalqaro hamjamiyat tomonidan xalqaro huquqning asosiy prinsiplari va normalarini buzuvchi og'ir huquqbuzarlik, insonga qarshi jinoyat sifatida tan olindi. Bugungi kunda dunyoning ko'pchilik davlatlarida bu tusdagi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik ko'zda tutilgan. Xususan, Avstraliya, Ozarbayjon, Aljir, Angliya, Gretsiya, Ispaniya, Qozog'iston, Kamerun, Qirg'iziston, Lyuksemburg, Makedoniya, Malta, Tunis, Ukraina, O'zbekiston Fransiya, Chernogoriya, Chili, shuningdek, Lotin Amerikasining aksariyat mamlakatlari jinoyat qonunlarida qiynash jinoyat sifatida qayd etilgan. Ko'pchilik davlatlarda qiynash qo'llanganligi (uning oqibatlaridan qatiy nazar) uzoq vaqt ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi: Kanadada 14 yil; Fransiyada 15 yil; AQSHda 20 yil (Markaziy qidiruv boshqarmasi xodimlariga tatbiq etilmaydi); Argentinada 25 yil; Gvatemalada 30 yil; Buyuk Britaniya jinoyat qonuni bo'yicha qiynashni qo'llash umrbod ozodlikdan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:56 ]
Arxiv ichida: doc