Qonun bo'yicha vorislik

Qonun bo'yicha vorislik

O'quvchilarga / Huquq
Qonun bo'yicha vorislik - rasmi

Material tavsifi

qonun bo'yicha vorislik Reja: 1. qonun bo'yicha vorislik tushunchasi. 2. Vorislikka chakirilish navbatlari. 3. Mers koldiruvchining mehnatga layokatsiz bokimlari. Meros koldiruvchi uzining xususiy mulkini o'zi vafot etgandan keyingi takdirini o'zi belgilash huquqiga ega . Ammo qonun bilan bir kator shartlar belgilanib qo'yilganki, meros koldruvchi ularni uzgartirish huquqiga ega emas. Shu bilan birga ,qonun bilan belgilanib qo'yilgan merosxurlar borki, ularning xam merosga bo'lgan huquqlarini qonun himoya qiladi va meros koldiruvchi bunday merosxurlarning qonunda belgilangan meros ulushlarini kamaytirishga yoki ularni umuman meros olishdan mahrum kila olmaydi. qonun bo'yicha vorislikni amalga oshirish uchun qonunda meros koldiruvchi Bilan karindoshlik munosabatida bo'lgan va meros koldiruvchining karamida ,uning bokimida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar hisobga olinadi . Demak,qonunda belgilab qo'yilgan shart va tartibda ,meros koldiruvchi tomonidan uzgartirilmagan vorislik qonun bo'yicha vorislik deyiladi. FKning 1134-moddasigaasosan,qonun bo'yicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari bir tarafdan, farzandlikka oluvchi va uning karindoshlari ikkinchi tarafdan tugishgan karindoshlarga tenglashtiriladilar . Demak, voyaga yetmagan bolalar -farzandlikka olinganlar ularning avlodlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlarda teng hisoblanadilar, meros olish huquqidan teng foydalanadilar. Farzandlikka olinganlar o'z ota-onalariga nisbatan va ularning karindoshlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini yukotadilar ,shu Bilan birga, majburiyatlardan xam ozod buladilar . «Farzanlikka olinganlr va ularning avlodlari ,-deyiladi FK 1134-moddasining 3-kismida,-farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari,aka-ukalari,opa-singillari vafot etgandan keyin qonun bo'yicha meros olmaydilar». Demak, farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi,buva-buvilari, aka-uka va opa-singnllari xam farzanlikka olingan shaxs va uning avlodlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarini yukotadilar. O'zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining 46-moddasig asosan Xotin-kizlar va erkaklar teng huquqdan foydalanganliklari tufayli,meros olishda xam vafot etgan shaxsning qonun bo'yicha merosxurlari hisoblangan erkaklar va xotinlar, kayt qilingan nikohdan tug'ilgan bolalar va qonunda belgilangan tartibda otaligi aniqlangan bolalar,kizlar va ugil bolalar, shuning bilan birga, farzandlikka olinganlar va qonun bo'yicha vorislikka huquqiga ega bo'lgan boshqa brcha shaxslar vorislikka chakirilgandabir navbatda va tengxissada meros olish huquqidan foydalanadilar . qonun bo'yicha merosxurlar,FKning 1135-1139- moddalrida nazardatutilgan tartibga asosan , besh navbatda vorislikka chakiriladilar, bundan tashqari , FK -ning 1140-moddasi tartibida takdim qilish huquqi bo'yicha va FK ning 1141-moddasiga asosan meros koldiruvchining mehnatga kobilyatsiz bokimlari sifatida vorislikka chakirilishlari mumkin . qonun bo'yicha merosxurlarning xar bir navbati avvalgi navbatdagi merosxurlar bo'lmagan taqdirda yoki merosxurlarning xammasi merosdan chetlashtirilganda, shuningdek, barcha vorislar merosni kabul qilib olmasdan, undan voz kechgan xollarda vorislik huquqini kulga kiritadi. Bir navbat doirasida qonun bo'yicha vorislikka chakirilgan merosxurlar o'rtasida meros mulk teng xissada taksimlanadi. Voyaga yetmagan bolalar uzlarining ota-onalari Bilan birga yashaganda vafot etgan taqdirda, ulardan meros kolgan mol-mulk ota ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.54 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.54 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga