Qonun chiqaruvchi hokimiyat organining ekologik funksiyasi

Qonun chiqaruvchi hokimiyat organining ekologik funksiyasi

O'quvchilarga / Huquq
Qonun chiqaruvchi hokimiyat organining ekologik funksiyasi - rasmi

Material tavsifi

Qonun chiqaruvchi hokimiyat organining ekologik funksiyasi Reja: 1. Qonun chiqaruvchi hokimiyat organining ekologik funksiyasi 2. Ijro etuvchi hokimiyat organlarining ekologik funksiyasi Jamiyat hayotining har qanday jabhasida malum vazifalar va harakatlarni amalga oshirish uchun, albatta, shu harakatni amalga oshirishni belgilab beradigan huquqiy asoslar yaratilgan bo'lishi lozim. Davlatning ekologik funksiyasini amalga oshirishda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi bo'lmish O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi alohida o'rin tutadi. Yuridik adabiyotda davlatning ekologik funksiyasi bilan bog'liq g'oyalar bundan yigirma yillar avvalroq bildirilgan. Mustaqillik tufayli turli sohalarda o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar bois ushbu masalaning naqadar dolzarbligi, unda davlat organlarining o'rni katta ekanligi ham takidlangan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoiti atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish vazifalarining amalga oshirilishini belgilab beradigan huquqiy poydevorning, yani qonunlarning yaratilishini taqozo etadi. Qonunlar yordamida atrof tabiiy muhit, fuqarolarning qulay tabiiy muhitga ega bo'lish huquqlari himoya qilinadi. Bunga qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi hisoblangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ekologik funksiyasini amalga oshirish orqali erishiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ekologik funksiyasiga oid vakolatlari O'zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari va qonun osti normativ hujjatlarida ko'rsatilgan. Bularga O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risida»gi va «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlari, «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi, «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida»gi, «O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida»gi, «O'rmon to'g'risida»gi, «Yer osti boyliklari to'g'risida»gi, «Suv va suvdan foydalanish to'g'risida»gi, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida»gi qonunlari hamda Yer kodeksi, Havo kodeksi va boshqa normativ - huquqiy hujjatlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Bu kabi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish orqali davlat o'zining ekologik funksiyasini bajarsa, ularda belgilangan qoidalarni bevosita amalga oshirish va bajarish orqali ushbu funksiyani mustahkamlaydi. Huquqiy adabiyotda takidlanganidek, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash kabi davlat ekologik siyosati asosiy yo'nalishlarining huquqiy asosini yaratish, ekologik qonun hujjatlarini amaliyotga samarali tatbiq etish, ekologik muammolarni hal etishda jamiyat, davlat va huquqning barcha vositalarini jalb qilish bilan bog'liq faoliyat turkumi parlamentning ekologik funksiyasini tashkil etadi. Berilgan ushbu ta'rifda Oliy Majlisning ekologiya sohasidagi faoliyatining barcha qirralari qamrab olinmagan. Chunki, Oliy Majlis, qonun qabul qilish bilan birga, ularning bajarilishi ustidan parlament nazoratini ham olib boradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oliy Majlisning ekologik funksiyasi deganda, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholining ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan davlat ekologik siyosatining ustun yo'nalishlarini belgilash, ekologik qonunchilik hujjatlarini qabul qilish, ularga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish hamda bu qonunlarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishi tushunilishi lozim. Davlatning ekologik funksiyasini belgilashda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.56 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.56 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga