Qonun ijodkorligi faoliyatini hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish

Qonun ijodkorligi faoliyatini hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish

O'quvchilarga / Huquq
Qonun ijodkorligi faoliyatini hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish - rasmi

Material tavsifi

Qonun ijodkorligi faoliyatini hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish Reja: 1.Qonun ijodkorligi faoliyatida prokuror ishtiroki. 2.Qonunlarni targ'ibot qilish - prokuratura faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biridir. Qonun ijodkorligi faoliyatida prokuror ishtiroki. O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonunining 4-moddasida belgilangan prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri bu- qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonunining 13-moddasida belgilangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga qonunchilik tashabbusi bilan murojaat etishi mumkinligi qayd etilgan. Prokuratura idoralari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura to'g'risida»gi Qonunga asosan O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarni aniq va bir hilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Ushbu faoliyatni amalga oshirish borasida amaliyotda qonun va qonun osti hujjatlarining qay darajada zamon talablariga javob berishi, qonunlarning qaysi jihatlari takomillashtirishga muhtoj ekanligi, qonunlarni to'liq va barkamol ijro etilishi uchun ushbu qonunlarga qanday o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi zarurligi va yana munosobatlarni huquqiy tartibga solish uchun qanday qonunlarni qabul qilinsa maqsadga muvofiqligini bevosita ko'rib boradilar. Ushbu qonunga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish hamda yangi qonunlar qabul qilinishi zaruriyatini realizatsiya qilish uchun esa, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonunchilik tashabbusidan foydalanishadi. Buning uchun ular o'zlaridagi taklif va mulohazalarni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga tegishli tartibda taqdim etishadi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori esa, o'z vakolatlari doirasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qonunchilik tashabbusi bilan murojaat qiladi. Sud faoliyati bilan bog'liq bo'lgan qonunlarni qo'llash amaliyotiga oid tushunmovchiliklar bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Ho'jalik sudi Plenumiga qonunlarga tushuncha berish uchun murojaat qilishi mumkin. Qonun ijodkorligi faoliyatida prokurorlarning ishtirok etishi bir vaqtni o'zida ularning o'z vazifa va funksiyalarini yani, huquqni muhofaza qilish funksiyasi va qonun ustuvorligini ta'minlash vazifasini amalga oshirish bilan birga bajariladi. Quyidan tortib, yuqorigacha barcha ijro hokimiyati organlari tomonidan qonunosti hujjatlarini qabul qilinishidagi qonun ustuvorligini ta'minlash bo'yicha nazoratni amalga oshirishi hamda qonun chiqaruvchi Oliy organda-O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida ishtirok etishi va bu majlislarda o'z fikr-mulohazalarini bildirishi, qonunlarni talqini bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi va Oliy ho'jalik sudi Plenumi majlislarida ishtirok etishi va qonunlar talqini bo'yicha o'z fikr va nuqtai-nazarini ifoda etishi qonun ijodkorligi faoliyatining ko'rinishidir. 2.§. Qonunlarni targ'ibot qilish - prokuratura faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biridir. Huquqiy yangilanish davrida prokuratura o'z vazifasini amalga oshirish, o'z vaqtida fuqaro, jamoatchilik, mehnat va o'quv jamoalari orasida malakali huquq targ'iboti va tushuntirish ishlari olib bormog'i kerak. Chunki, Respublikamizda yashovchi har bir fuqaromiz o'z davlatimiz qonunlarini nafaqat bilmog'i, balkim uni mazmun va mohiyatini to'la-to'kis anglamog'i, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.47 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.47 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga