Qonun ijodkorligi jarayoni bosqichlari

Qonun ijodkorligi jarayoni bosqichlari

O'quvchilarga / Huquq
Qonun ijodkorligi jarayoni bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

KIRISh Qonun ijodkorligi faoliyati muhim. serqirra ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Shu bois uning ijtimoiy zamini keng bo'lishiga, ayni vaqtda mazkur faoliyatning ijtimoiy jihatlariga ahamiyat berish zarur. Xalqimizning tabiatiga, dunyoqarashiga mos qonunchilik faoliyati an'analarni shakllantirish xususida gap borganda, hozirgi qonun ijodkorligimizda Temur tuzuklarida bitilgan saltanat boshqaruvi qoidalaridan, Mirzo Ulug'bekdagi ma'rifatparvarlik va elparvarlik xususiyatlaridan, Shoh Bobur muqaddas sanagan va izchil amal qilgan odil siyosat negizlaridan, Alisher Navoiy tarannum etgan adolatli davlat to'zumi, xalqigo'yo qonunlar haqidagi durdona fikrlardan, shuningdek ma'rifat va insonparvarlik fazilatlari sarchashmalaridan muntazam bahramand bo'lib turish ayni muddaodir. O'zligini anglayotgan, o'z qadri va qaddini rostlayotgan o'zbek xalqining orzu-umidlarini va xohish-irodasini to'laqonli ifodalash uchun bu xalqning asriy turmush tarzini, tarixiy davlatchilik va ijtimoi tajribasini, boy ma'naviyatini hamda u sayqal toptirgan qadriyatlarni mujassamlashtiruvchi qonunlar yaratish lozim. Qonunlarda mustahkamalanadigan qoidalar xuddi Qobusnoma pandu-nasihatlari kabi har bir kishi qalbidan ezozli o'rin olishiga erishishi lozim bo'ladi. Qonunni ijod etish davlatning huquqiy normalarni yaratishga qaratilgan maxsus faoliyatidir. Dalat ushbu faoliyat orqali xalqning mushtarak irodasini qonun darajasida ifoda etadi, jamiyatga siyosiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bu faoliyat natijasida jamiyatda amal qiluvchi bir butun va ichki mutanosiblikka ega bo'lgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy huquqiy normalar tizimi vujudga keltiriladi. O'zbyokiston Respublikasining qonun chiqarish amaliyoti puxta ilmiy zaminga asoslanishi shart, qonunchilik faoliyatining barcha jihatlari huquqshunoslik nazariyasi tomonidan qayta mushohada etilishi, mustaqil davlat qonunchiligining ilmiy konsepsiyasi vujudga keltirilishi lozim. Yuridik fanimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri qonunchilik mexanizmining hamma tarkibiy bo'g'inlarini chuqur tahlil etish va shunga doir ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Zero, Konstitutsiyaviy me'yorlar va qonunlarning ustuvorligi, ular inson manfaatini ko'zlab ish tutishga va shu doirada ijtimoiy o'zaro munosabatlarni maqbul holga keltirishga yo'naltirilganligi mamlakatda barqarorlikni huquqiy jihatdan ta'minlashning, fuqarolik jamiyati asoslarini qaror toptirishning asosiy omilidir.1 Qonunlarning ilmiy saviyasini oshirish, sifatini yaxshilash, jamiyatga rahbarlik qilishning, uni boshqarishning ilmiy darajasini yuksaltirish imkonini beradi. Qonunchilikni takomillashtirish manfaatlari qonun yaratish faoliyatining huquqiy, ijtimoiy, ruhiy va tashkiliy tomonlarini hamda taomil tartiblarini nazariy o'rganishni talab etmoqda. Shu bois O'zbekistonning yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish va qonunchilik jarayonini nazariy tadqiq etish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. I BOB. QONUN IJODKORLIGI Qonun ijodkorligi - huquk yaratishning murakkab jarayoni sifatida. Huquq ijodkorlik jarayoni ko'pqirrali, murakkab jarayon bo'lib u maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi, qonun ijodkorligi ijtimoiy munosabatlarning murakkablashuvi, yangilarining vujudga kelishi, bazilarining esa eskirishi tegishlicha huquq ijod etish faoliyatiga ehtiyoj tug'diradi, qonun ijodkorligi jarayonigacha jamiyatda huquqning shakllanishi jarayoni kechadi. Jamiyatda ijtimoiy ehtiyoj va hayot sharoitlari natijasida muayyan munosabatlar, huquq va majburiyatlar shakllanadi. Ushbu muayyan munosabatlarni qonun chiqaruvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 104.15 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 104.15 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga