Qonun tushunchasi, uning mohiyati va falsafiy talqini. O'zgarish va taraqqiyot jarayoni, takrorlanish tamoyillar, qonun tushunchasi, turlari, dialektik qonunlar Reja: 1. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. 2. Umumiy o'zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari. 3. Qonun va uning tasnifi. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Harakat, taraqqiyot, umumiy bog'lanish va aloqadorlik to'g'risidagi falsafiy ta'limotlar ham falsafa fani bilan birga paydo bo'lgan. Bu muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu tushuncha falsafa tarixida turli davrlarda turli ma'nolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki davrlarda o'zaro bahs, munozara olib boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi qarama-qarshi, zid fikrlarning to'qnashuvi va shular asosida haqiqatni aniqlash ma'nosini ifodalagan. Antik davr mutafakkirlarining ma'lumotiga ko'ra, munozarada ishtirok etuvchilar, o'z muhokamalarida bir-birlariga muqobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama yondoshib, ulardagi bir tomonlamaliklarni bartaraf qilishga uringanlar. Bunda, ular, o'z muhokamalarida har xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, ilmiy, nazariy, axloqiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi voqea-hodisalar to'g'risida o'z qarashlarini ishlab chiqqanlar. Ular shundan kelib chiqib, dialektika deganda o'zaro bahslashuv san'atini, munozara asosida haqiqatga erishish usulini tushunganlar. Masalan, antik davr mutafakkiri Suqrot dialektikani bahslarda yo'l qo'yiladigan qarama-qarshi fikrlar o'rtasidagi ziddiyatlarni ochish orqali haqiqatga erishish san'ati, deb tushungan. Dialektikani bahs san'ati sifatida tushunish hatto o'rta asrlarda ham davom etgan. Buni o'rta asrlar mutafakkiri Per Abelyarning «Ha va yo'q» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi. Dialektikaga munozara san'ati sifatida qarash o'rta asrlarda yashagan O'rta Osiyo mutafakkirlariga ham xos bo'lib, hatto bu narsa Uyg'onish davrlarida ham davom etgan. Bu davr mutafakkirlarida ham dialektika savol-javob san'ati sifatida o'zgacha fikrlarni rad qilish usuli bo'lib xizmat qiladi. Bunga misol qilib G. Galileyning «Dunyoning ikki sistemasi to'g'risidagi bahs» asarini ko'rsatish mumkin. Umuman, dialektika tushunchasining paydo bo'lishi, u o'zining dastlabki davrlardagi tor ma'noni ifodalashiga qaramasdan, o'sha davrlardan to bizning kunlarimizgacha qo'llanib kelingan sermazmun falsafiy suhbat usulining paydo bo'lishida muhim rol o'ynadi va insoniyat madaniyatining rivojlanishiga katta hissa bo'lib qo'shildi. Asrlar davomida to'planib borgan dialektik munozara madaniyati murakkab muammolarni muhokama qilish, ulardagi turli qarama-qarshi nuqtai nazarlarni ochish, aniqlash va tushunish mahoratining qaror topishi inkor qilib bo'lmas ahamiyat kasb etdi. Bora-bora dialektika qarama-qarshi nuqtai nazarlar, ular o'rtasidagi ziddiyatlarni ochish usuli sifatida qaraladigan bo'ldi. SHunday qilib, sekin-asta inson ijodiy tafakkuri o'z tabiati bilan dialektik ekanligi haqidagi tasavvur paydo bo'ldi. Lekin ma'lum vaqt o'tishi bilan dialektika faqat kishilarning o'zaro munozaralarigagina xos emasligi ma'lum bo'la bordi. Oqibatda, dialektika faqat inson fikrlash jarayonigagina xos bo'lmasdan, balki u tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga ham xos, deb qarala boshlandi. Ayniqsa, bu qarash borliq shakllari va turlari o'rtasidagi bog'lanish va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.49 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.49 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: docx