Qonun ustuvorligi demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishining asosi Reja: 1. O'zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining mustahkamlanishi. 2. O'zbekistonda davlat hokimiyati tizimi. Hokimiyat organlarining vakolatlari. 3. Konstitutsiya - davlat va jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy sohalarini isloh qilishning huquqiy asosi ekanligi. Huquqiy demokratik davlat jamiyat taraqqiyoti va davlat shakllarining rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan davlatni tashkil qilishning eng mukammal shakli va mazmunidir. Huquqiy demokratik davlat uchun kurash bundan to'rt-besh asr muqaddam boshlanib, faqat XX asrning ikkinchi yarmida haqiqatga aylana boshladi. Huquqiy demokratik davlat shaqlan davlatning o'tmishdagi tarixiy tiplariga o'xshasada, o'zining mazmuni, tub mohiyati, fuqarolar oldidagi burchi va mas'uliyatining nihoyatda kattaligi va boshqa fazilat va xususiyatlarga ko'ra huquqiy bo'lmagan davlatlardan keskin farq qiladi. Huquqiy davlat haqida uzoq va yaqin o'tmishda turli tuman fikr-mulohazalar, orzu-niyatlar olg'a surilgan. Biroq sho'rolar davrida, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari haqida nihoyatda ko'p gapirilgan bo'lsada huquqiy davlat iborasi rasman faqat 1988 yilga kelib, KPSS ning XIX Butunittifoq konferentsiyasi materiallaridagina birinchi marta demokratlashtirish, adolatli jamiyat qurish g'oyalari ta'sirida qo'llanildi. (qarang: mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug'at. T. 1998 yil, 189 bet). O'zbekistonda tashkil topayotgan huquqiy davlat xalqimiz, davlatchiligimizning bir necha ming yillik tarixiy an'analariga asoslanadi, uning ildizlari Donishnoma, Qobusnoma, Siyosatnoma, Zafarnoma, Temur tuzuklari, Xamsa, Boburnoma singari dunyo ahamiyatiga ega bo'lgan nodir asarlarga borib taqaladi. Respublikamiz mustaqil davlat bo'lgach, Sotsialistik davlat, Umumxalq davlati degan tushunchalardan voz kechdi va jahondagi ilg'or rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asosan, huquqiy davlat qurishning maqsad qilib qo'ydi. Huquqiy davlat qurishning nazariy asoslari va amaliy muammolari O'zbekistonning 1992 yilgi konstitutsiyasida va mamlakatimiz Prezidenti I. Karimovning O'zbekiston kelajagi buyuk davlat, Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati, O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li kabi asarlarida hamda ko'plab ma'ruza va nutqlarida O'zbekiston xalqi qanday maqsad sari intilayotganini, qanday jamiyat barpo etayotganini ilmiy asosda keng va atroflicha yoritib huquqiy davlatning asosiy belgisi barcha fuqarolarning qonun oldidagi tengligi, konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta'minlashidir deb ta'kidlaydi. Tanlab olingan bu yo'l jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor bo'lgan bir xil vazifalarini amalga oshirishni taqozo etadi: 1. Huquqiy davlat qurishga kirishilar ekan, avvalo jamiyatda umumiy madaniyatni yuksaltira borishga, insonlarning ma'naviy kamolotini va huquqiy bilimlarini tobora boyitib borishga harakat qilinmoqda. 2. Huquqiy davlat sari borish jarayonida huquqiy hujjatlar va qonunlarni yaratish bilan shug'ullanuvchi davlat idoralari jamiyat hayotining barcha sohalarida ijtimoiy munosabatlarni yaxshi bilishni, qabul qilinadigan huquqiy me'yorlarning bajarilishini bilishlari kerak. 3. Huquqiy davlatda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va tashqi munosabatlarni tartibga solib turuvchi mukammal konstitutsiya, Qonunlar va boshqa me'yoriy huquqiy hujjatlarning mavjud bo'lishi, amal qilishi, tegishli davlat idoralari nazorati ostida barcha subyektlar tomonidan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.91 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.91 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc