Qonunchilik palatasi deputati va Senat a'zosining hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar deputatlarning huquqiy maqomi Reja 1-. Qonunchilik palatasi deputati va Senat a'zosining huquqiy maqomi 2-.O'zbekiston Respublikasida Qonunchilik palatasi deputati va Senat a'zosi faoliyatining kafolatlari 3-. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining huquqiy maqomi 4-. Deputat va Senat a'zosini chaqirib olish asoslari va tartibi Mamlakatimizda ikki palatali parlament shakllantirilishi davlat qurilishi sohasida olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo'lib, u demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, xalq hokimiyatining amalda bo'lishini ta'minlashni nazarda tutadi. Huquqiy davlatchilikni shakllantirish ko'plab muammolarni bartaraf etish bilan bog'liq bo'lgan murakkab va davomli jarayondir. Parlament har qanday mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'lgani uchun uning faoliyatini takomillashtirishga alohida e'tibor beriladi. Parlamentarizm prinsiplar asosida faoliyat ko'rsatuvchi davlat institutlari bilan bog'liq masalalar O'zbekistonda huquqiy davlatchilikning qaror topishiga taalluqli muammolar silsilasida muhim o'rin tutadi. Chunki, XXI asrning boshlariga kelib, oddiy bir haqiqat-to'la vakolatga ega bo'lgan parlamentsiz mamlakatda to'laqonli demokratiya bo'lishi mumkin emasligi yaqqol ko'zga tashlanib qoldi. Hozirgi kunda mamlakatimizda davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng muhim vazifa bu Qonunchilik hokimiyati bo'lmish mamlakat Parlamentining roli va ta'sirini kuchaytirish, hokimiyatning Qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o'rtasida yanada mutanosib va barqaror erishish vazifasi turibdi. Bu oldimizga qo'yilgan vazifalarni soddagina ifodalamoqchi bo'lsak-har qanday hokimiyat, u Qonunchilik yoki ijro va sud hokimiyati bo'ladimi-ularning barchasi o'z vazifasini anglashi, o'z mas'uliyatini his qilishi, o'z yukini ko'tarishi darkor. Mamlakatimizda ikki palatali parlamentning barpo etishdan asosiy maqsadlardan biri bu parlament o'z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama asosli va puxta qarorlar qabul qilishi uchun zarur bo'lgan o'zaro muvozonat va cheklovlar tizimini yaratish, Qonunchilik palatasi o'z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borishini nazarda tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish edi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005 yil 27 yanvar kunidagi birinchi yig'ilishida so'zlagan nutqlarida: Deputat - bu mustaqil fikrli inson. U qaysi partiyaga mansub bo'lmasin, avvalo xalq oldida javob beradi. Shuning uchun ana shu xalq manfaatlari yo'lida parlamentdagi g'oyalar, yondashuv va qarashlar xilma-xil bo'lgani yaxshiligini ta'kidlaganlar. Shuningdek, mamlakatimiz Prezidenti o'z nutqlarida Qonunchilik palatasi deputatlariga murojaat qilib, har qaysi deputat o'zining qadr-qimmatini bilishi lozimligini, mehr-oqibatlilik bizning xalqimizga yarashadigan, bizning xalqimizga xos bo'lgan fazilat ekanini hech kachon yoddan chiqarmaslik darkorligini hamda Amir Temur bobomiz aytganidek, qanday xalqning farzandimiz, degan savolni ham hech qachon unutmasligimiz lozimligini ko'rsatgan. Qonunchilik palatasi deputatlari xalqning hokimiyat vakillik organlarida faoliyat ko'rsatuvchi to'laqonli vakilidir. Respublikamizning mustaqilligini mustahkamlashda, huquqiy davlat qurishda, chin ma'nodagi demokratiyaga erishishda deputatlarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi Huquqshunos olim ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.32 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.32 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc