Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari doirasi va turlari

Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari doirasi va turlari

O'quvchilarga / Huquq
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari doirasi va turlari - rasmi

Material tavsifi

Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari doirasi va turlari Reja: Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasi Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari doirasi va turlari Ikki palatali parlament sharoitida qonun ijodkorligini takomillashtirishning quyidagi muammolari dolzarblik kasb etmoqda: qonun ijodkorligining demokratik tamoyillarini amalda joriy etish; qonunchilik tashabbusi huquqi institutining mohiyatini hamda yuridik tabiatini anglash; qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari maqomini mustahkamlash; mazkur subyektlarning qonun loyihalarini taqdim etish bo'yicha faolligini oshirish, qonun loyihasini muhokama etish va qonun loyihalarini tayyorlashda qonunchilik texnikasiga amal qilish, loyihalarni yuridik-texnik jihatdan to'g'ri rasmiylashtirish va boshqalar. Qonun loyihalarini ishlab chiqish va ularni parlamentga kiritish imkoniyatiga ega bo'lgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining tarkibi kengligi qonun yaratish uchun umumiy demokratik asosni, bu jarayonga jamiyat vakillarini jalb etish bo'yicha haqiqiy shart-sharoitni vujudga keltiradi. Qonunchilik tashabbusi huquqi institutining huquqiy asoslari tahlilida ushbu huquq subyektlari orasida ham kollegial organlar, ham alohida vakolatli shaxslar borligini ko'rish mumkin. Demak, qonunchilik tashabbusi huquqining subyektlari deb - qonun hujjatlarida sanab o'tilgan har bir idora va shaxsning umumdavlat manfaatlarini ko'zlagan holda qonun loyihasini tayyorlab, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish vakolatini amalga oshiruvchi davlat hokimiyati organlari va mutasaddi shaxslarga aytiladi. 2012 yildagi ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatimizda 15 ta kodeks, 749 ta qonun (shundan 279 tasi qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, 110 tasi qonunlarning o'z kuchini yo'qotishi to'g'risida, yangi tahrirda qabul qilingan qonunlar 28 ta, amaldagi qonunlar 639 tani tashkil etadi), O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 4417 ta Farmoni, 1703 ta Qarori va 3796 ta Farmoyishi, Vazirlar Mahkamasining 9630 ta, qarori, shuningdek 2319 ta idoraviy-me'yoriy hujjatlar qabul qilingan. Malumki, O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo'lib o'tgan qo'shma majlisidagi ma'ruzasida Keyingi besh yil mobaynida Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan 297 ta qonun loyihasidan atigi 44 tasi deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan. Ayni paytda, 42 ta qonun loyihasi bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan, 160 tadan ziyod qonun loyihasi esa mamlakatimiz hukumati tomonidan kiritilgan bo'lib, ularning aksariyat qismi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining ijrosini ta'minlash munosabati bilan taqdim etilganligi takidlangan edi. Binobarin, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif-mulohazalar yuritish o'rinli hisoblanadi. Buning uchun O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida nazarda tutilgan har bir qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining maqomini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Zero, mazkur subyektlar davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilishi lozim bo'lgan islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishda muhim o'rin egallashi shubhasizdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. Konstitutsiyaning 89-moddasida belgilanganidek, davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.12 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.12 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga