Qonunchilik tashabbusi huquqi tushunchasi, shakllari va mohiyati

Qonunchilik tashabbusi huquqi tushunchasi, shakllari va mohiyati

O'quvchilarga / Huquq
Qonunchilik tashabbusi huquqi tushunchasi, shakllari va mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Qonunchilik tashabbusi huquqi tushunchasi shakllari va mohiyati Reja: Qonunchilik tashabbusi huquqi tushunchasi Parlament qonunchilik tashabbusi. Davlat boshlig'i qonunchilik tashabbusi Hukumat qonunchilik tashabbusi. Qonunchilik tashabbusi huquqi tushunchasi, shakllari va mohiyati Malumki, qonun ijodkorlik jarayoni muayyan vaqt mobaynida amalga oshadi. Uning boshlanishi qonun chiqaruvchi organ doirasidagi bevosita qonunchilik tashabbusidan boshlanadi. Takidlash lozimki, qonun ijodkorligi jarayoni hamda uning natijasi sifatida tayorlangan qonunlarning samaradorligi, eng avvalo, qonunchilik tashabbusining qay darajada amalga oshirilishiga ko'p jihatdan bog'liq. Qonunchilik tashabbusi huquqiy muammolari mag'zini anglab etish uchun uning quyidagi muhim jihatlarini puxta mushohada etish talab qilinadi: 1) qonunchilik tashabbusi huquqining tushunchasi va mohiyatini; 2) qonunchilik tashabbusi amalga oshirilishi natijasida vujudga keladigan huquqiy munosabatning mazmunini; 3) qonunchilik tashabbusi huquqining sohiblari (subyektlari) doirasi hamda ularning o'ziga xos xususiyatlari; 4) qonunchilik tashabbusi huquqining asosiy shakllari va boshqalarni. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimizdir ma'ruzasida alohida urg'u berilganidek, iqtisodiy, siyosiy, gumanitar sohalarda jadal rivojlanayotgan islohotlarni amalga oshirish uchun hayotiy zarur bo'lgan qonunlarni kiritish tashabbusi bilan chiqishda va ularning qabul qilinishini tezlashtirishda deputatlar korpusining sustkashligi, bu borada etarlicha faoliyat ko'rsatmayotgani jiddiy kamchilik hisoblanadi. Demak, qonunchilik tashabbusining zamirida, eng avvalo, hayotiy zaruriyat, boshqacha aytganda, ijtimoiy ehtiyoj turadi. Chunonchi, huquqiy tartibga solishga ehtiyojni aniqlash bilan bog'liq dastlabki bosqichlarda qonunshunos huquqiy yechimini talab qiladigan ijtimoiy muammo mavjudligi to'g'risida ma'lumot olishi darkor. Mazkur holatda ijtimoiy munosabatlarni huquq sotsiologiyasi orqali tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda qonun chiqaruvchiga, pirovard natijada umumiy xohish-irodani ifodalaydigan, turli yo'nalishdagi ijtimoiy manfaatlarni muvofiqlashtirish natijasi bo'lgan umumiy (huquqni shakllantiruvchi) manfaat zarur. Qonun loyihasi tayyor bo'lgach, ko'pincha uning asosiy qoidalari bo'yicha jamoatchilik fikrini bilish muhim bo'ladi. Va nihoyat, qonun amalga kiritilgach, qonunshunos qonunning ijtimoiy kutishlarga muvofiqligi to'g'risida, uning samaradorligi darajasi, samarasizligi sabablari to'g'risida muntazam ma'lumot olib turishi darkor. Qonun ijodkorligi faoliyatini sotsiologik ta'minlashning bunday tizimdan alohida ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan qonunlarni ishlab chiqishda to'la hajmda foydalanish maqsadga muvofiq. Takidlash lozimki, qonunchilik tashabbusi alohida mustaqil huquqiy institut hisoblanadi. Huquqiy adabiyotlarda qonunchilik tashabbusi va qonunchilik tashabbusi huquqi degan iboralar qo'llaniladi. Hatto, bazan ular aynan bir xil manoda qo'llaniladi. Bazi mulohazalarda qonunchilik tashabbusi muayyan subyektning qonun loyihasini kiritishga bo'lgan huquqi sifatida talqin etilsa, boshqa izohlarda esa - qonun loyihasini kiritish fakti, yani mazkur huquqni amalga oshirishga qaratilgan xatti- harakatlarning yig'indisi sifatida ifoda etiladi. Qonunchilik tashabbusini qonun chiqaruvchi organga qonun loyihasini kirituvchi subyektning huquqi deb ta'riflash, unchalik to'g'ri emas. Bunda qonunchilik jarayonining alohida bosqichini anglatuvchi harakat bilan vakolatli organlar va shaxslarning qonunchilik tashabbusi ko'rsatishga bo'lgan huquqi (imkoniyati) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.87 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.87 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga