Qonunchilik tashabbusi huquqiga oid munosabatlar ularning mazmuni

Qonunchilik tashabbusi huquqiga oid munosabatlar ularning mazmuni

O'quvchilarga / Huquq
Qonunchilik tashabbusi huquqiga oid munosabatlar ularning mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Qonunchilik tashabbusi huquqiga oid munosabatlar ularning mazmuni Reja: Qonunchilik tashabbusi huquqiga oid munosabatlar Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi Qonunchilik tashabbusi huquqiga oid munosabatlar Qonunchilik tashabbusi amalga oshirilishi natijasida tegishli huquqiy munosabat vujudga keladi. Qonunchilik tashabbusi ko'rsatilishi bilan bog'liq huquqiy munosabatlar jamiyatda mavjud bo'lgan ijtimoiy munosabatlarning bir turidir. Shuning uchun ularning mazmuni va amalga oshish mexanizmi huquqiy munosabatlar haqidagi umumiy ta'limot asosida tushuntirib berilishi mumkin. Malumki, huquqiy munosabatlar kishilar (fuqarolar yoki jamoalar)ning huquqiy shaklga ega bo'lgan o'zaro ijtimoiy aloqalari, o'zaro munosabatlaridir. Har qanday huquqiy munosabat undagi ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari tizimidan iborat bo'lib, ularning fel-atvori, yurish-turishini qatiy belgilab beradi. Huquqiy munosabatlar mazmuni ularning tarkibini tashkil etuvchi elementlar majmui bilan tavsiflanadi. Huquqiy munosabatlar tarkibi (tuzilishi)ga uning ishtirokchilari, ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari, shuningdek ularning real fel-atvori, xatti-harakatlari, huquqiy munosabatlarning obyektlari kiradi. Huquqiy munosabatlar o'z qatnashchilarining ko'pdan-ko'p xilma-xil aloqalaridan iborat bo'ladi, bu aloqalar ularning zimmasiga yuklatiladigan subyektiv huquqlar va yuridik majburiyatlar vositasida amalga oshiriladi. Ulardan foydalanish va ularni amalga oshirish yo'lidagi harakatlar yig'indisi bilan birga bu aloqalar huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil etadi. Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o'zgarishi va bekor bo'lishi hayotiy holat, yani yuridik faktlarga bog'liq. Yuridik fakt huquq normalarida, aniqrog'i, uning gipotezalarida belgilanuvchi, huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, ularni o'zgartirish yoki tugatishning zarur sharti bo'lib xizmat qiluvchi, huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining subyektiv huquqlari va yuridik javobgarliklari kelib chiqishiga sabab bo'luvchi hamda davlat majburlov choralari bilan ta'minlanuvchi hayotdagi turli holatlar, sharoitlar va omillarni ifoda etadi. Umumiy ta'limotdan kelib chiqib, qonunchilik tashabbusi huquqiy munosabatlarining mazmuni quyidagi qismlardan tarkib topadi: a) qonunchilik tashabbusi huquqiy munosabatlarining ishtirokchilari (vakolatli subyekt va majburiyat o'tovchi subyekt); b) tomonlarning huquq va burchlari, ularning o'zaro aloqalari; v) huquqiy munosabat ishtirokchilarining qonunchilik tashabbusi sohasidagi huquq va burchlarini amalga oshirish bilan bog'liq real faoliyati (fel-atvori, xatti-harakatlari). Ushbu huquqiy munosabatda oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat organi majburiyat o'tovchi subyekt sifatida maydonga chiqadi. Qonunchilik tashabbusi huquqiy munosabatlarida majburiyat o'tovchi subyekt masalasiga alohida to'xtalish lozim. Adabiyotlarda bu xususda bir qancha nuqtai nazarlar mavjud. Ulardan biriga ko'ra, biron subyekt tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqining amalga oshirilishi parlament uchun hech qanday majburiyat keltirib chiqarmaydi. Mazkur vaziyatda qonun loyihasi (yoki taklif)ni ko'rib chiqish uchun qabul qilish yoki qilmaslik masalasini parlamentning o'zi hal etadi. Bunday fikrga qo'shilish qiyin. Chunki, har qanday huquqiy munosabatda bo'lgani singari, qonunchilik tashabbusi huquqiy munosabatida ham malum subyektiv huquqqa muayyan yuridik majburiyat muvofiq keladi. Umumiy qabul qilingan qoidaga ko'ra, huquq majburiyatsiz, va aksincha, majburiyat huquqsiz mavjud bo'lishi mumkin emas. Shunday bo'lgach, qonunchilik tashabbusi ko'rsatuvchi subyektning huquqi qarshisida boshqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.96 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.96 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga