Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish bosqichlari va prinsiplari Reja: Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish Ijtimoiy omillarni qonun ijodkorligiga ta'sir ko'rsatish Qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga havola etish prinsipi. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish bosqichlari va prinsiplari Qonun ijodkorligi faoliyati muayyan protsessual shakldagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi. Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun ijodkorligi jarayonining boshlang'ich bosqichidir va u qonunchilik jarayonining ilk bosqichi sifatida qonunchilik jarayoni mexanizmini harakatga keltiradi. Qonun ijodkorligining samarali bo'lishi ko'p jihatdan mamlakatda amalga oshiriladigan huquqiy siyosatga va uning tarkibiy qismi bo'lgan huquq ijodkorligi siyosatining mazmuniga bog'liq. Ushbu siyosat ham, o'z navbatida, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning qatiy ehtiyojlaridan kelib chiqishi lozim. Yuridik adabiyotlarda qonunchilik tashabbusi huquqining bosqichlari mazmun-mohiyati xususida yakdil fikr yo'q. Bazi olimlar qonun chiqarish jarayonida normativ-huquqiy akt loyihasini tayyorlashni alohida bosqich sifatida ajratishni taklif etsalar, boshqa bir guruh mutaxassislar muayyan qonunni qabul qilish uchun ehtiyojni aniqlashni alohida bosqich, deb etirof etishni maqsadga muvofiq deb hisoblashadi. Ammo qonunchilik tashabbusini qonun chiqarish jarayonining birinchi bosqichi deb hisoblovchi mualliflar orasida bu institutning mazmuni va ko'lami xususida ayrim bahs-munozaralar mavjud. Masalan, qonun chiqarish jarayoni qachon boshlanadi: qonun loyihasi parlamentga kiritilgandami yoki qonun loyihasini parlament sessiyasi (palata majlisi) kun tartibiga rasman kiritilgandami, degan savollar hali o'z yechimini topmagan. Zero, bu ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik muammodir. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish masalalari Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to'g'risidagi Qonunda o'z aksini topgan. Qonunning qabul qilinishi bilan qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratildi. Nazariyada qonunchilik tashabbusi huquqi bilan bog'liq qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish - bu qonunchilik jarayonining boshlang'ich nuqtasi bo'lib, butun bir jarayonni tashkil etadi. Qonun yo'li bilan tartibga solinishi lozim bo'lgan muammolar qonun tayyorlashdan oldin bir necha bosqichlar bo'yicha o'rganib chiqishni taqozo etadi. Jumladan: 1) muammoga sabab bo'layotgan vaziyatni aniqlashtirish, yani ijtimoiy, siyosiy psixologik yoki boshqa nomaqbul omillarga barham berish maqsadida huquqiy aralashuv ehtiyojini o'rganib chiqish; 2) tartibga solinayotgan munosabatlar yoki obyektning holatiga huquqiy ta'sir ko'rsatish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tartibga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi. - prinsipini tanlash (masalan, huquqiy rag'batlantirish yoki cheklash, shuningdek jazo turini tanlash). Odatda huquq nazariyasida huquqiy vositalar turkumiga vazifa yuklovchi, taqiqlovchi yoki vakolat beruvchi normalar kiritiladi. Biroq tajriba tartibga solinayotgan obyektning holatidagi muvozanatga tashkiliy-boshqaruv va ijtimoiy chora-tadbirlar majmui orqali erishish mumkinligini ko'rsatdi. Xo'jaliklarning iqtisodiy mustaqilligi oshgan sharoita taqiqlovchi yoki cheklovchi choralar tizimiga asoslanish yaramaydi. Asosiysi, hayot faoliyatining moddiy, ma'naviy va boshqa nohuquqiy rag'batlantirish uslublariga keng yo'l ochib berishdan iborat. Shu tariqa rag'batlantiruvchi va taqdirlovchi huquqiy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.24 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.24 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: docx