Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishning tashkiliy huquqiy mexanizmi

Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishning tashkiliy huquqiy mexanizmi

O'quvchilarga / Huquq
Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishning tashkiliy huquqiy mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishning tashkiliy huquqiy mexanizmi Reja: Qonunchilik tashabbusi huquqining obyekti Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo'lmagan davlat organlari Qonunchilik tashabbusi huquqining obyekti Qonunchilik tashabbusi huquqining obyekti masalasida yuridik adabiyotlarda asosan ikki xil yondashuv kuzatiladi. Ayrim olimlarning fikricha, mazkur huquqning obyekti faqat tayyor qonun loyihasi hisoblanadi1. Boshqa mualliflarning fikrlariga ko'ra, bu huquqning mavzuini qonun loyihasi ko'rinishidagi taklif, yangi qonun qabul qilish, amaldagi qonunga o'zgartirish kiritish yoki uni bekor qilish haqidagi taklif tashkil qiladi. H.T. Odilqorievning fikricha, qonunchilik tashabbusi ko'rsatishni, albatta, tayyor qonun loyihasini kiritish bilan chegaralab bo'lmaydi. To'g'ri, tayyor loyiha kiritilganda bo'lajak qonunning g'oyasini anglash oson ko'chadi, qonun chiqaruvchi organning ishi ham engillashadi va tezlashadi. Biroq, amaliyotda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari kiritadigan taklif hamma vaqt ham loyiha ko'rinishida rasmiylashtirilgan bo'lavermaydi. Qator hollarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari muayyan qonun qabul qilinishi maqsadga muvofiqligi to'g'risida asoslantirilgan taklif kiritadilar. Chunki, alohida olingan deputat o'zi mustaqil ravishda murakkab qonun loyihalarini qiyomiga yetkazib ishlab chiqolmaydi. Bordi-yu, deputatning taklifi jo'yali deb topilsa, Qonunchilik palatasi o'z qarori bilan tegishli qonun loyihasini tayyorlashni biron-bir qo'mitaga yoki maxsus tuziladigan komissiyaga yuklashi mumkin. Demak, yuqoridagi bayonga asosan, qonunchilik tashabbusi huquqining obyekti sifatida ham tayyor qonun loyihasini, ham qonunchilikka oid asosli taklifni etirof etish lozim, degan xulosaga kelish mumkin. Huquqshunoslik umumiy nazariyasidan, biron bir huquqning obyekti haqida gap ketganda, ushbu huquqning nimaga qaratilganligiga ahamiyat berish kerak bo'ladi. Agar muayyan shartnomaning obyekti xususida gap borsa, sharnoma qanday mulk (ish, xizmat) ustida tuzilgan bo'lsa, shu mulk (ish, xizmat) uning obyekti hisoblanadi. Qonunchilik tashabbusi huquqini keng va tor manoda tushunish mumkin. Qonunchilik tashabbusi huquqini keng manoda tushunganda uning obyekti - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish yoki qo'riqlashga qaratilgan intilish, harakatlar majmui, deyish mumkin. Tor manoda esa bevosita qonunchilik tashabbusini amalga oshirish hisoblanadi. Shuningdek, qonunchilik tashabbusi huquqining predmetini qonun loyihalari tashkil etadi. Nazarimizda, huquqshunoslikda qonunchilik tashabbusi huquqining obyekti bilan predmetini aralashtirib yuborish holati kuzatiladi. Shu o'rinda, jinoyat huquqidan bir qiyosiy misol keltirish bilan mazkur masalaga oydinlik kiritishga urinib ko'ramiz. Jinoyat huquqida Jinoyat kodeksi bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jinoyatning obyekti hisoblanadi. Jinoyatning predmeti esa, moddiy olam ashyolari, hayvonlar, shaxslar hisoblanadi. Ushbu predmetlarga tajovuz qilish orqali Jinoyat kodeksi bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatga (jinoyat obyektiga) zarar etadi. Yani, bu borada nazarimizda jinoyat huquqida obyekt va predmet masalasi to'g'ri hal etilgan. Shuni alohida takidlash joizki, ko'pgina bahs-munozaralarga sabab bo'layotgan qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish masalasi Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to'g'risidagi qonunda o'z ifodasini topdi. Yani, Qonunning 4-moddasiga muvofiq, qonunchilik tashabbusi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.32 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.32 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga