Qonunchilik tashabbusi huquqining yuridik tabiati

Qonunchilik tashabbusi huquqining yuridik tabiati

O'quvchilarga / Huquq
Qonunchilik tashabbusi huquqining yuridik tabiati - rasmi

Material tavsifi

Qonunchilik tashabbusi huquqining yuridik tabiati Reja: Qonun yaratish va uning xususiyatlari Huquqning mohiyati va ijtimoiy vazifasi Qonun yaratish va uning xususiyatlari Yuridik fanlar tizimida keng tarqalgan g'oyaga asoslanib takidlash mumkinki, qonun ijodkorligining tom manodagi yuridik ahamiyati davlatda amal qiluvchi huquqning mohiyati va huquq ijodkorligining mohiyati bilan chambarchas bog'liqdir. Mamlakatimiz huquqshunosligida yaratilgan nazariy zaminga tayanib, shuni takidlash mumkinki, qonun ijodkorligining mohiyatini aniqlashga, avvalo, sof yuridik nuqtai nazardan yondashish, qolaversa, keng sotsiologik yondashish beqiyos katta samara beradi. Masalaning muhimligi tegishli faoliyat natijasida yaratilayotgan qonun kimning manfaatini aks ettiradi, uning irodasini qanday ifoda etadi, degan savollarga javob berish orqali ochiladi. Tadqiqot obyektining yuridik tabiatini, mohiyatini aniqlashda qonun chiqaruvchi idoraning jamiyat siyosiy tizimida, davlat hokimiyati organlari orasida tutgan o'rni, mavqei ham alohida ahamiyatga ega (jumladan, parlamentlik Respublikasi bilan prezidentlik Respublikasidagi hatto monarxiya shaklidagi davlat bilan Respublika shaklida boshqariladigan davlatda qonun ijodkorligi o'z xususiyatlarga ega; qonun chiqaruvchi idoralar ham o'zaro jiddiy farqlanadi). Har bir jamiyatning jo'shqin va turfa huquqiy hayotida huquq ijodkorligi markaziy o'rinlardan birini egallaydi. Qadimgi Rim yuristi Ulpianning tabiriga ko'ra, huquqni o'rganuvchi, eng avvalo, huquq (jus) so'zi qaerdan kelib chiqqanini bilib olishi lozim; u o'z nomini odil sudlov (justitia) so'zidan olgan huquq ezgulik va adolat haqidagi fan(ars)dir. Mashhur olmon faylasufi I.Kant yuristlar necha yuz yil urinib hanuzgacha huquq tushunchasini yarata olgani yo'q, deb ihtezo qilgan. I.Kantning fikriga ko'ra, huquqning mohiyatini anglash uchun turli mamlakatlarning qonunchiligi mazmunini bilish etarli emas. Shuningdek, huquqning mohiyatini amaliy yurisprudensiya ham anglab etolmaydi, va bu aslida uning qiziqishlari doirasiga kirmaydi ham, chunki amaliyotchi-yurist uchun yuridik faktlar, dalillar, vaziyatga huquqiy baho berish masalalari birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. I.Kantning tabiri bilan aytganda, huquqning mohiyati faqat falsafiy tafakkur yordamida anglab etilishi mumkin. Alloma huquqning bir qator sifat-belgilarini takidlaydi: huquq kishilar o'rtasidagi amaliy munosabatlarning faqat tashqi jihatlariga ta'sir etadi; huquq vositasida bir shaxsning xatti-harakati boshqa shaxsning xatti-harakatlari bilan erkinlikning umumiy qonuni nuqtai nazaridan tartibga solinadi: huquq - yalpi erkinlikni himoyalovchi o'zaro majburlovdir. Hozirgi zamon olimlari huquqning mohiyatini erkinlikda, tenglikda va inson huquqlarida ko'radilar. Z.M. Islomov fikricha, huquq o'z tabiatiga ko'ra, favqulodda muhim ijtimoiy hodisa. Huquqning mohiyati va ijtimoiy vazifasi Huquqning mohiyati va ijtimoiy vazifasi uning umumiy va maxsus belgi xususiyatlari orqali namoyon bo'ladi. Huquqning ijtimoiyligi, normativ qoidalardan iboratligi, adolat, tenglik va erkinlik g'oyalarini ifodalashi, umummajburiy va irodaviy xususiyatlarga egaligi, rasman belgilanganligi, tizimliligi va jo'shqinligi, davlat tomonidan muhofaza etilishi kabilar shular jumlasidandir. Huquqning mohiyatini birgina ta'rif bilan ifodalash qiyin,- deb yozadi X.T.Odilqoriev. Ushbu fikrni biz ham qo'llab-quvvatlaymiz. Demak, huquq jamiyatdagi munosabatlarni normativ tartibga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.32 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.32 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga