Qonunchilik tizimi va yuridik texnikani takomillashtirish muammolari

Qonunchilik tizimi va yuridik texnikani takomillashtirish muammolari

O'quvchilarga / Huquq
Qonunchilik tizimi va yuridik texnikani takomillashtirish muammolari - rasmi

Material tavsifi

Qonunchilik tizimi va yuridik texnikani takomillashtirish muammolari Reja: Qonunchilik texnikasi esa yuridik texnikaning tarkibiy qismi Qonunchilik texnikasining usullari va metodlari Qonunchilik tizimi va yuridik texnikani takomillashtirish muammolari Qonunchilik tizimining mukammal, izchil, sifatli va samarali bo'lishida qonunchilik texnikasi muhim ahamiyat kasb etadi. Qonun ijodkorligi ko'p qirrali murakkab va mas'uliyatli jarayon bo'lganligi sababli unda muayyan qatiy tartib va talablarga, shuningdek yuridik texnika (qonunchilik texnikasi) talablariga og'ishmay rioya etilishi lozim. Aynan qonunchilik texnikasi qonun yaratuvchi organga o'z irodasini oqilona, mantiqan aniq, qatiy ifodalar yordamida lo'nda, qisqa va sodda bayon etish imkonini beradi. Yuridik texnika va qonunchilik texnikasi masalalari huquqshunoslikka oid adabiyotlarda ko'pdan beri muhokama qilib kelinayotgan bo'lsa-da, ammo olimlar bu borada hali yakdil nuqtai nazarga kelganlari yo'q. Professorlar V.M.Korelskiy va V.D.Perevalovlar yuridik texnikani normativ-huquqiy hujjatlarni aniq, tushunarli va samarali bo'lishini tamin-lash maqsadida ularni ishlab chiqish, rasmiylashtirish va tizimlashtirish qoidalari, vositalari va usullari majmui, deb hisoblaydilar. Shu bilan birga yuridik texnikani keng va tor manoda ta'riflash hollari uchraydi. Masalan, P.Sandevur keng manoda yuridik texnika deganda, fuqarolik jamiyatining boshqaruv organlari ko'zlaydigan maqsadlarni tegishli vositalar va usullar majmui orqali huquqiy normalar talablariga (oqimiga) moslashtirish va ushbu normalarni ijro qilinishiga erishishni tushunadi. Yuridik texnikaning tor manodagi tushunchasi esa huquq tilini qo'llash, yuridik fikrlash shartlarini belgilaydigan va aniqlaydigan masalalar yoki har xil usullar va qoidalarni ishlatish bilan chegaralanadi. Dotsent M.A.Axmedshaeva yuridik texnikaga quyidagicha ta'rif beradi: Yuridik texnika - har bir mamlakat vakolatli davlat organlai tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, rasmiylashtirish, amaldagilariga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, eskilarini bekor qilishda hamda individual yuridik hujjatlar, yani huquqni qo'llash hujjatlarini qabul qilish jarayonida ishlatiladigan uslublar, yo'llar, usullar va vositalar, shuningdek amaliy ko'nikmalar majmuidan iboratdir. Yuqoridagi yondashuv va ta'riflarni umumlashtiradigan bo'lsak, barcha mualliflarni birlashtiradigan jihat shundaki, ular yuridik texnikani normativ-huquqiy hujjatlarni yaratish jarayonidagi talablar, usul va vositalar yig'indisi, deb hisoblaydilar. Qonunchilik texnikasi esa yuridik texnikaning tarkibiy qismi Qonunchilik texnikasi esa yuridik texnikaning tarkibiy qismi bo'lib, u qonunlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va elon qilish jarayonida rioya etilishi lozim bo'lgan talab, qoida, usul, yo'l va vositalar yig'indisidir. Agar yuridik texnika barcha normativ-huquqiy hujjatlar-ning yaratilishi va rasmiylashtirishga oid bo'lsa, qonunchilik texnikasi asosan qonunlarni, shuningdek tor manoda anglanadigan qonunchilik hujjatlarini yaratish va rasmiylashtirishga taalluqli bo'ladi. Qonunchilik texnikasi bir qator masalalarni o'z ichiga oladi, xususan: qonunchilik hujjatlarini tez va sifatli tayyorlashning tashkiliy hamda texnik qoida-larini, ushbu hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartirishlarni to'g'ri va bir xil tartibda kiritish, shuningdek normativ hujjatlarni to'liq yoki qisman kuchini yo'qotgan deb topish mezon-tartiblarini, qonunchilik hujjatida uni tayyorlovchi subyektning (qolaversa, qonun chiqaruvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.69 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.69 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga