Qonunchilik tizimining prinsiplari

Qonunchilik tizimining prinsiplari

O'quvchilarga / Huquq
Qonunchilik tizimining prinsiplari - rasmi

Material tavsifi

Qonunchilik tizimining prinsiplari Reja: Qonunchilik tizimi prinsiplari Qonunchilik tizimining universal prinsiplari Qonunchilik tizimining prinsiplari Qonunchilik tizimi, avvalo, huquqiy normalarni rasmiylashtirish (mustahkamlash) hamda ifodalash shaklini o'zida aks ettiruvchi huquq manbalarining yaxlit yig'indisi, ikkinchidan, huquq manbalari tuzilishini, yani normativ-huquqiy hujjatlar tizimini namoyon qiluvchi huquqning tashqi ko'rinishidir. Yuridik adabiyotlarda qaror topgan umumiy etirofga ko'ra, qonunchilik tizimi - qonunchilikning strukturaviy tuzilishi bo'lib, normativ-huquqiy hujjatlar va qoidalarning qonunchilik sohalari va 38 institutlariga uyushgan barqaror guruhlanishida o'z aksini topadi hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarning o'zaro ichki aloqadorligiga asoslangan mushtarak yig'indisi sifatida maydonga chiqadi. Qonunchilik hujjatlarining yagona tizimga birikishida ularning yuridik kuchi asosiy mezon vazifasini o'taydi. Shuning uchun ham qonunchilik tizimining prinsiplari va funksiyalari huquq prinsiplari va funksiyalari bilan hamohangdir. Lekin, shu bilan birga birinchisining ikkinchisidan muayyan farqlari ham bor. Qonunchilik tizimi prinsiplari, hech mubolag'asiz, uning mohiyatini anglashga ko'mak beruvchi asosiy jihatlardan birini, asosiy o'zagini tashkil etadi. Ular g'oyalar, normalar va munosabatlarni qamrab olib, butun huquqiy hayotga muayyan mantiq, mazmun - mano, ichki mutanosiblik hamda uyg'unlik bahsh etadi. Aniqroq ta'rif qilinsa, qonunchilik tizimi prinsiplarida, qonunchilik rivojining butun tarixiy-dunyoviy tajribasi, insoniyat huquqiy ongi taraqqiyotining mahsuli o'z ifodasini topadi. prinsiplar qonunchilikning shakllanishida yo'nalish beruvchi mezon vazifasini o'taydi. Qonunchilik tizimi prinsiplari Qonunchilik tizimi prinsiplari qonunchilikning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va harakatlanishining rahbariy g'oyasi, asosi, yetakchi mezoni tarzida namoyon bo'ladi. Avvalo, qonunchilik tizimi prinsiplari jamiyatning siyosiy-huquqiy hayotiga, mamlakat ijtimoiy tizimiga doimiy ravishda singib boradi. Ular nafaqat qonunchilikning mohiyatini, balki uning mazmunini tavsiflaydi, yani uning ichki tuzilishi, statik holati, uni qo'llash jarayoni, qonun chiqarish faoliyatini qamrab oladi hamda qonunchilikni amalga oshirishning dinamikasini aks ettiradi. Qonunchilik tizimi prinsiplari normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashning butun jarayoniga, ularni qabul qilish va chiqarishga, huquqiy talablarga rioya etish kafolatlari o'rnatilishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Qonunchilik tizimi prinsiplari o'ziga xos tayanch hodisa bo'lib, ularga butun qonunchilik tizimi asoslanadi. Mazkur rahbariy tamoyillar davlatning 39 qonun ijodkorligi faoliyati uchun yo'naltiruvchi o'zak bo'lib xizmat qiladi. Qonunchilik tizimi prinsiplari umummajburiy tusga ega bo'lganligi sababli ular qonunchilikning barcha tarmoqlari va institutlari, normalari hamda huquqiy munosabatlar o'rtasidagi, obyektiv va subyektiv huquq o'rtasidagi ichki birlikni, uyg'unlikni va o'zaro aloqadorlikni ta'minlashga ko'maklashadi. O'z mohiyati va tabiati jihatidan qonunchilik tizimi prinsiplari jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimi tomonidan orttirilgan tajribadan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bundan tashqari, ular mazmuniga mamlakatda mavjud davlat va huquq, hukmron siyosiy va davlat rejimi hamda jamiyat qurilishi tamoyillari o'z ta'sirini o'tkazadi. Qonunchilik tizimi prinsiplarini ularning mazmuni, namoyon bo'lish jabhasi va xususiyatlariga qarab turli mezonlar asosida tasniflash mumkin. Masalan, qonunchilikning tipi va harakatlanish ko'lamiga ko'ra, uni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.32 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.32 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga