Qonunchilikni tizimlashtirish va uning turlari Kirish……2 II. Asosiy qism: 1) Qonunchilikni tizimlashtirishning tushunchasi va mohiyati….6 2) Qonunchilikni tizimlashtirishning metodlari……. 15 3) Qonunchilikni tizimlashtirishning turlari……26 4) O'zbekistonda qonunchilikni tizimlashtirishning mexanizmi…30 II. Xulosa……35 IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……36 KIRISh O'zbekiston Respublikasida davom etayotgan demokratik huquqiy davlatning va milliy-huquqiy tizimning shakllanishi jarayoni amaldagi qonunchilikni tizimlashtirish bo'yicha ham keng ko'lamli vazifalarni ilgari suradi. Qonunchilikni tizimlashtirishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish davr talabidir. Eng avvalo, qonunchilik faoliyatimizdagi kam-chiliklarni tanqidiy baholab, bartaraf etish, qonun-larimizning mukammal va izchil bo'lishiga erishmog'imiz va eng muhimi barcha huquqiy davlatlar qatorida qonun asosida yashashni o'rganishimiz zarur - deb takidlaydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Amaldagi qonunchilikni hayotga tatbiq etish mexanizmini isloh qilish zarur bo'lib, bu maqsadga qonunchilikni mukammal tizimlashtirishsiz erishish mumkin emas. Yurtboshimiz Islom Karimovning tabiri bilan aytganda, jamiyatni yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishning huquqiy bazasini tashkil etuvchi …normativ-huquqiy hujjatlarni bir tizimga keltirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda o'zbek yuridik nashrlarida qonunchilikni tizimlashtirish (kodekslashtirish) muammolarini tahlil etish; yangi avlod kodekslashtirishning xususiyatlari va qonuniyat-larini (tendensiyalarini) aniqlashga oid tadqiqotlarni faollashtirish davlat va huquq nazariyasi fanining etibori qaratilishi lozim bo'lgan dolzarb muammolardan biri ekanligi xususida fikrlar bildirilmoqda. Qonunchilikni tizimlashtirish muammolarining ham nazariy, ham amaliy tadqiq etishning zarurati hamda dolzarbligi quyidagilarda namoyon bo'ladi: Birinchisi, jamiyatni yangilash, isloh etish va mamlakatni modernizatsiyalash jarayoni huquqiy bazasining muntazam ravishda takomillashuvi natijasida normativ-huquqiy hujjat-larning miqdor jihatdan yildan-yilga ko'payib borayotganligi, bu esa qonunchilikni tizimlashtirishga ehtiyoj tug'dirayot-ganligida; Ikkinchisi, hozirgi kunda ijtimoiy munosabatlarni huquq vositasida tartibga solish ko'lamining tobora kengayib borayot-ganligida hamda qonunchilik tizimida ayrim institutlarning tarmoqlarga (sohalarga) aylanishi yo'li bilan yangi qonunchilik tarmoqlarining (sohalarining) shakllanayotganligida; Uchinchisi, qonunchilikni tizimlashtirish tushunchasi, mohiyati, uning ham jarayon, ham kategoriya sifatidagi qirralari, prinsiplari, maqsadi va vazifalari, obyekti, subyektlariga oid masalalar davlat va huquq nazariyasi fani nuqtai nazaridan kompleks tarzda, qolaversa, huquqning u yoki bu tarmog'i doirasida tadqiq etilmayotganligida; To'rtinchisi, qonunchilikni tizimlashtirishning O'zbekis-tonda demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida «tizim», «qonunchilik tizimi», «qonun ijodkorligi», «huquqni qo'llash», «huquqni tatbiq etish» kabi kategoriyalar bilan dialektik aloqador-ligining ochib berilmaganligida; Beshinchisi, qonunchilikni tizimlashtirishning shakllarga taqsimlanishi, ushbu shakllar o'rtasidagi o'ziga xos xususiyatlar, farqli belgilar hamda har bir shaklning ahamiyatliligi yoritilmaganligi sabablari, mamlakatimiz hayotida qonunchilikni tizimlashtirishning hozirgi kunda faqat ayrim shakllarininggina (kodekslashtirish, inkorporatsiya, normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish) u yoki bu darajada yo'lga qo'yilib, uning bazi shakllari (konsolidatsiya) bilan bog'liq ishlar deyarli amalga oshirilmayotganligida; Oltinchisi, qonunchilikni tizimlashtirish hamda uning shakllarini oqilona amalga oshirishda hammani birdek amal qilishga chaqiradigan nazariy, huquqiy asoslar, metodik tartib va qoidalarning mavjud bo'lmaganligi uchun bu borada davlat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
100.02 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
100.02 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc