Qonuniylik va huquqiy tartibot muammolari

Qonuniylik va huquqiy tartibot muammolari

O'quvchilarga / Huquq
Qonuniylik va huquqiy tartibot muammolari - rasmi

Material tavsifi

Qonuniylik va huquqiy tartibot muammolari Reja: Qonuniylikni tushunish masalasi Qonuniylik prinsiplari Qonuniylik kafolatlari Huquqiy tartibot tushunchasi Huquqiy tartibot va ijtimoiy tartibot ―Qonuniylik so'zi bilan biz juda ko'p to'qnash kelamiz. Bu tushuncha - keng qamrovli, serqirra tushunchadir. Qonuniylik -bu qonunlarga rioya etish va uni hayotga tadbiq etishga doir qator talablar yig'indisidir, ya'ni qonunlarning, ular kimga yo'naltirilgan bo'lsa, o'shalar tomonidan aniq va muqarrar bajarilishi; qonunlar va boshqa normativ aktlarning ahamiyatiga qarab joylanishiga rioya etish; qonunni, uni chiqargan organdan boshqa hech bir organ tomonidan bekor qilinmasligi kabi talablarni bajarishdir va bu talablar qonuniylikning mazmunini tashkil etadi. Bu talablar haqiqatan ham amalda bajarilsa - real qonuniylik, e'lon etilsa-yu, lekin amalda bajarilmasa - soxta (formal) qonuniylik mavjud bo'ladi. Qonunlar qonuniylikning asosini tashkil etadi. Biron bir davlat qonunlarsiz mavjud bo'la olmaydi. Qonuniylik - bu ijtimoiy munosabat qatnashchilari tomonidan huquq normalarini qat'iy, og'ishmay bajarish, ularga rioya etishdan iboratdir. Qonuniylik bilan chambarchas bog'liq holatda boshqa bir huquqiy hodisa -huquqiy tartibot turadi. Huquqiy tartibot - bu huquqga va qonuniylikka asoslangan ijtimoiy munosabatlarning tartibga solinganligidir. Huquqiy tartibot - qonunlarga va ularga qat'iy rioya qilishga asoslangan kishilar o'rtasidagi munosabatlardagi tartibotdir. Huquqiy tartibot - bu qonunlar va unga muvofiq chiqarilgan normativ aktlarga rioya etish, ularni ijro etishg', foydalanish va qo'llash jarayoni, qonuniylikning real ijtimoiy munosabatlarda ifodalanishi natijasidir. Huquqiy tartibot - bu huquqiy talablarning amalga oshirishning oxirgi natijasi, huquq normalariga rioya etish, ularni bajarish natijasidir, qonuniylikning amalga oshirilishi -huquqiy tartibotga olib keladi. Qonuniylik bilan huquqiy tartibot o'zaro chambarchas bog'liq. huquqiy tartibot huquqiy tartibga solishning maqsadi hisoblanadi, chunki: Huquqiy tartibotga faqat huquqiy tartibga solishni, qonuniylikni takomillashtirish yo'li bilangina erishiladi. qonuniylikning mustahkamlanishi albatta huquqiy tartibotning mustahkamlanishiga olib keladi. Huquqiy tartibot mazmuni qonuniylik mazmuniga bog'liq holda shakllanadi. Qonuniylik subyekti - davlat organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar va ularning birlashmalari hisoblanadi. Qonuniylik obyekti -huquq subyektlarining xatti-harakatidir. Qonuniylik kafolatlari: Qonuniylik kafolatlari bu - obyektiv ravishda tarkib topgan omillar va qonun talablarini aniq va og'ishmay hayotga tadbiq etishning choralari tizimidan iboratdir. Umumiy kafolatlar kishilar ongini shakllantirish va tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirishni o'z ichiga oladi. Umumiy kafolatlar: huquqiy, siyosiy, madaniy, iqtisodiy kafolatlardan iborat. Qonuniylikning HuQuQiy kafolatlari: qonuniylikni takomillashtirish; nazorat-kontrol qilish choralari; himoya choralari; javobgarlik choralari. QONUNIYLIK PRINSIPLARI: qonunning yuqoriligi, ustivorligi; qonuniylik birligi (umumiyligi); qonuniylikning maqsadga muvofiqligi; qonuniylikning realligi. qonuniylik va huquqiy tartibot demokratiya, siyosiy rejim bilan bog'liq. Konstitutsiya va qonun ustunligi - qonunchilik va huquqiy tartibot garovi «Qonuniylik» atamasi bilan biz hayotda ko'p to'qnash kelamiz. Bu tushuncha o'z mohiyatiga ko'ra keng qamrovli, serqirra tushunchadir. Qonuniylik - bu qonunlar va ularga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga