Qonunlar ijrosi ustidan nazoratning mazmuni predmeti

Qonunlar ijrosi ustidan nazoratning mazmuni predmeti

O'quvchilarga / Huquq
Qonunlar ijrosi ustidan nazoratning mazmuni predmeti - rasmi

Material tavsifi

Qonunlar ijrosi ustidan nazoratning mazmuni predmeti Reja: 1.Qonunlar ijrosi ustidan nazoratning mazmuni, predmeti va vazifalari. 2.Qonunlar ijrosi ustidan (Umumiy) nazoratni amalga oshiruvchi prokurorning vakolatlari. Qonunlar ijrosini tekshirish. Qonunlar ijrosi ustidan nazoratning mazmuni, predmeti va vazifalari. Vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligini nazorat qilish prokuratura organlarining faoliyatidagi asosiy yo'nalishlardan biri bo'lib hisoblanadi. Ushbu soha nazariya va amaliyotda umumiy nazorat degan nomga ega bo'lgan. O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi Qonunining yangi tahriri qabul qilingunga qadarlik «Umumiy nazorat» deb yuritilib kelgan hozirda «qonunlar ijrosi ustidan nazorat» yo'nalishi katta va keng qamrovli yo'nalishdir. Ushbu prokurorlik nazorati sohasida Bosh prokuror va unga bo'ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladigan qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratning mohiyati va maqsadlari nisbatan yaqqol ifodalanadi. Umumiy nazoratning mohiyati va maqsadi eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari va sohasida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishini ustidan prokuratura organlarining nazorati tashkil etadi. Bu sohada ko'pincha mahalliychilik, qonunbuzilishlarni bartaraf etishda prokuratura organlariga qarshilik ko'rsatish, ularning faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yiladi. Davlat boshqaruvning aynan shu sohasida qonunlarni haqiqatdan aniq va bir xilda tushunish bilan birga ijro etilishni ham ta'minlash kerak qonun chiqaruvchining ko'rsatmalari hayotga qatiylik bilan tatbiq qilinishi kerak va bunda hech qanday mahalliy va idoraviy ta'sirlarga yo'l qo'yilmasligi zarur. Prokuratura organlari davlat boshqaruvi sohasida qonunlar ijrosi ustidan nazoratini amalga oshira borib, jamiyat va davlat oldida turgan fuqarolar ehtiyojlarini qondirish, ularning moddiy ta'minotini yaxshilash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash kabi vazifalarning bajarilishiga sharoit yaratadilar. Boshqacha qilib aytganda prokuror umumiy nazorat sohasida o'z vakolatlarini amalga oshira borib boshqa organ va tashkilotlar bilan birgalikda siyosiy, davlat, iqtisodiy, ijtimoiy, milliy va madaniy qurilish masalalarini hal qiladilar. Umumiy nazorat butun davlat hududida qonunlarning bir xil va aniq bajarilishini ta'minlash, qonuniylikning bir xil tushunilishini ta'minlash bilan birga jinoiy hodisalar va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish vazifalarini ham bajaradi. Umumiy manoda prokurorlarning umumiy nazorat bo'yicha faoliyatining predmeti O'zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratdir. Umumiy nazorat bo'yicha prokurorlik nazoratining predmet va doirasi 2001 yil 29 avgustdagi O'zbekiston Respublikasi Prokuratura to'g'risidagi qonuni bilan belgilangan. 2004 yil 12 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.03.2004 yildagi qishloq xo'jaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi 3406-sonli Farmoni bilan prokuratura organlarining yangi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.92 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.92 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga