Qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati

Qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati

O'quvchilarga / Huquq
Qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati - rasmi

Material tavsifi

Qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati Reja: Qonunlar ijrosi ustidan nazoratning mazmuni, predmeti va vazifalari. Qonunlar ijrosi ustidan (Umumiy) nazoratni amalga oshiruvchi prokurorning vakolatlari. Qonunlar ijrosini tekshirish. Prokuratura organlarining qonunlar ijrosi ustidan nazorat faoliyatini tashkillashtirish. Prokurorning xo'jalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga aralashishiga yo'l qo'yilmasligi. Qonunlar ijrosi ustidan nazoratning mazmuni, predmeti va vazifalari Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo'nalishlaridan biri, bu-qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligini nazorat qilish prokuratura organlarining faoliyatidagi asosiy yo'nalishlardan biri bo'lib hisoblanadi. Ushbu soha nazariya va amaliyotda umumiy nazorat degan nomga ega bo'lgan. prokuratura faoliyatini isloh qilish, uni sobiq tuzum davrida do'lganidek partiyaviy elita qo'lidagi jazolash quroli emas, balki qonunlarning qat'iy ijro etilishini, mamlakatimizda demokratik islohotlarning izchil rivojlanishini, inson huquq va erkinliklrini ishonchli himoya qilinishini ta'minlaydigan organga aylantirish bo'yicha salmoqli ishlar qilindi. Ushbu prokurorlik nazorati sohasida Bosh prokuror va unga bo'ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladigan qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratning mohiyati va maqsadlari nisbatan yaqqol ifodalanadi. Prokuratura organlari davlat boshqaruvi sohasida qonunlar ijrosi ustidan nazoratini amalga oshira borib, jamiyat va davlat oldida turgan fuqarolar ehtiyojlarini qondirish, ularning moddiy ta'minotini yaxshilash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash kabi vazifalarning bajarilishiga sharoit yaratadilar. Boshqacha qilib aytganda prokuror umumiy nazorat sohasida o'z vakolatlarini amalga oshira borib boshqa organ va tashkilotlar bilan birgalikda siyosiy, davlat, iqtisodiy, ijtimoiy, milliy va madaniy qurilish masalalarini hal qiladilar. Umumiy ma'noda prokurorlarning umumiy nazorat bo'yicha faoliyatining predmeti O'zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratdir. Umumiy nazorat bo'yicha prokurorlik nazoratining predmet va doirasi 2001 yil 29 avgustdagi O'zbekiston Respublikasi Prokuratura to'g'risidagi qonuni bilan belgilangan. 2004 yil 12 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.03.2004 yildagi qishloq xo'jaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi 3406-sonli Farmoni bilan prokuratura organlarining yangi tuzilmasi tasdiqlanganligi hamda ayrim tarkibiy tarmoqlar faoliyati va nomlanishidagi o'zgarishlar munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarining ayrim tarkibiy tuzilmalarini tugatish va qayta tashkil etish to'g'risida buyrug'i qabul qilingan. Ushbu buyruq talabiga ko'ra, Umumiy nazorat boshqarmasi tugatilsin va Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi tashkil qilinib, uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.87 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.87 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga