Qonunlarga rioya etish prokuror nazoratining predmeti sifatida Reja: Prokuror nazoratining predmeti. Prokuror nazoratining obyekti Prokuror nazoratining subyekti O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risida gi Qonuni (yangi tahriri) Qonunlarga rioya etish prokuror nazoratining predmeti sifatida Prokuratura deyarli barcha davlatlarda mavjud bo'lib, huquqni himoya qiluvchi nufuzli organ hisoblanadi. Uning faoliyati davlatning erki, tuzumi, mafkurasini o'zida ifoda etuvchi qonunlar mohiyati bilan belgilanib kelingan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Prokuratura to'g'risidagi Qonunda ko'rsatilganidek, O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-moddasiga asosoan «O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi». Qomusimizning 119 va 120-moddalarida esa prokuratura organlari o'z vakolatlarini Respublika Bosh prokurori boshchiligida yagona markazlashtirilgan tizim sifatida, har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo'ysunib amalga oshirishlari o'z aksini topgan. Mamlakatimizda qonun ustuvorligining hukmronlik qilishi qonunlar talablarini og'ishmay ijro etish natijasidagina mustahkam, o'z mustaqilligini himoya qila oladigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlay oladigan davlat qurilishini ta'minlaydi. Har qanday davlat o'z tuzumidan kelib chiqqan holda qonunlarning ijrosini taminlovchi kafolatlar tizimini tuzadi. Prokurorlik nazorati bizning davlatimizdagi bu tizimning asosiy bo'g'inlaridan biridir. Prokurorlik nazorati prokuratura tashkil etilishi munosabati bilan hosil bo'lmaydi, aksincha davlatda qonunchilik bor ekan bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan qonuniylikning bir-xilligi va uni ta'minlashga qaratilgan nazorat funksiyasini tashkil etish zarurati hosil bo'ladi. Davlat boshqaruvining oliy organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa idoralar fuqarolarning huquq va erkinliklarini, xalq hokimiyatini, huquq-tartibotni ta'minlashga vakolatli bo'lsalarda, Konstitutsiyaga rioya etilishi, qonunlarning ustuvorligini, bir xilda bajarilishini, qonuniylikning mustahkamlanishini ta'minlash uchun ularning ijrosi ustidan nazorat davlat tomonidan faqat yagona prokuratura organlariga yuklatilgan. Prokuror nazorati huquqiy munosabatlari davlatning qaysi idorasi, qaysi davlat organi huquqbuzarlikni belgilashi, qonun bilan g'ayriqonuniy harakat yoki harakatsizlikni ifodalashidan qati nazar vujudga keladi. Prokuratura idoralarining birlamchi vazifalari qonunning yagonaligini ta'minlash, buzilgan huquq va erkinliklarni tiklash va qonun buzilishini bartaraf etish choralarini ko'rishdir. Davlatimizning sud huquq siyosatidagi muhim, keng qamrovli o'zgarishlarni amalga oshirish borasidagi siyosati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatini ham qayta ko'rib chiqishni taqazo etdi. Qabul qilingan qator qonunlar, xususan, «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to'g'risida»gi, «Advokatura to'g'risida»gi, «Advokatlar faoliyatining kafolatlari va vakolatlarining ijtimoiy himoyasi to'g'risida»gi qonunlar, yangi tahrirdagi «Sudlar to'g'risida»gi qonunning qabul qilinishi, prokuraturaning qonunlar bajarilishini nazorat qilish bo'linmalarining ishi o'zining ijobiy va yaratuvchanlik rolini yo'qotib, ko'pincha jazolash xususiyatlarini kasb etib qolayotganligi, prokuraturaning ayrim xodimlari o'z vakolatlarini noto'g'ri talqin ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.14 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.14 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc