Qonunlarimizda fuqarolarning uy-joyga bo'lgan huquqlarining himoya qilinishi Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, Umumiy g'oyamiz bizning ko'p millatli mamlakatimizda mustahkam ma'naviy makonni yaratish mumkin emas. Konstitutsiya bizga inson huquqlari, ozodlik, barqarorlik va tarraqiyot majmuini ifodalaydigan demokratik, huquqiy va adolatli davlatni qanday qilib qurish yo'llarini ochib beradi. Darhaqiqat, Konstitutsiyamizda sohibqiron bobomiz Amir Temur zamonlarida shakllangan milliy tafakkur, muqaddas islomiy qadriyatlar mujassamlashtirilganligini guvohi bo'lamiz. Zaminimiz fuqarolarining qalbida adolat, iymon, olijanoblik, mardlik, vatanparvarlik kabi xislatlar mazkur konstitutsiyadan munosib o'rin olganligini, shuningdek, yurtboshimiz ta'kidlaganidek, har bir fuqaro kundalik hayotida konstitutsiya belgilab bergan qoida va huquqlarga tez-tez murojaat qilib turadi. Insonga yashash uchun suv, havo va non zurur bo'lganidek, unga yashash uchun joy ham zarur. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2007 yil 18 may kunidagi «Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmonida ham birinchi o'rinda yosh oilalarni uy-joy bilan ta'minlash masalasiga alohida e'tibor berilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Shu jihatdan ham Respublikamizda uy joyga oid muammolarni tadqiq etish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar berish hozirgi kunning dolzarb vazifasidir. Fuqarolar konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishda uy-joyga egalik va foydalanishga oid nizolarni ko'rib chiqish jarayoniga qonunchilikni to'g'ri tatbiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida «Har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli. Bankka qo'yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi». Konstitutsiyaning 53-moddasida: Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin ligi ta'kidlangan. Konstitutsiyaning 54-moddasida: Mulkdor mulkiga o'z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart- deb ko'rsatilgan. O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9-moddasi 1-qismida fuqarolarning doimiy yashashiga mo'ljallangan, belgilangan sanitariya, yong'inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg'iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo'ljallangan joylar turar joy deb belgilangan va turar joy ko'chmas mulk hisoblanishi ko'rsatilgan. Turar joy xususiy yoki davlat mulki bo'lishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkchilikning bir shaklidan boshqa shakliga o'tishi mumkin. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat turar joyga bo'lgan mulk huquqining subyektlaridir. Turar joyga bo'lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqaga o'tishi, cheklanishi va bekor bo'lishi davlat ro'yxatidan o'tkaziladi. Uy-joyga nisbatan mulk huquqi qonun doirasida tuzilgan shartnomaga asosan, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.85 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.85 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc