Qo'qon xonligi davlati va huquqi Reja: Qo'qon xonligining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari Qo'qon xonligi davlat tuzumi Qo'qon xonligida huquqning asosiy belgilari Qo'qon xonligi tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari XVII asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xonliklari chuqur siyosiy inqirozni boshdan kechirdi. Turli hukmdorlar orasida doimo mavjud qarama-qarshiliklarning chuqurlashib borishi, turkiy urug'lar ittifoqi - o'zbeklar o'rtasida siyosiy tarqoqlikning kuchayishi oqibatida xonliklarda murakkab siyosiy vaziyat yuzaga kelib, bu mintaqaviy parokandalikka olib keldi. Natijada O'rta Osiyo davlatlarida markaziy hokimiyatning salohiyati susayib, hukmron sulolalarning mavqei pasayib ketdi. Bu jarayonning qonuniy davomi sifatida hokimiyat tepasida turgan sulolalar o'z o'rinlarini yangi sulolalar vakillariga bo'shatib berishga majbur bo'ldilar. Jumladan, Buxoroda Ashtarxoniylar Mang'itlarga, Xivada Shayboniylar Qo'ng'irotlarga siyosiy maydonni bo'shatib berdi. Qo'qon xonligining tashkil topishi ham Buxoro xonligida kechgan murakkab siyosiy jarayonlarning hosilasi sifatida ro'y berdi. XVII asr boshida Buxoro xonligida yuzaga kelgan chigal siyosiy vaziyat Subhonqulixon (1680-1702) vafotidan so'ng taxtga o'tirgan Ubaydullaxon (1702-1711) hukmdorligi davrida yanada kuchaydi. Markaziy hokimiyatdagi parokandalik oqibatida davlatni idora etishda sustkashlikka yo'l qo'yildi, o'zaro ichki urushlar, urug'lararo qarama-qarshiliklar kuchayib, markaziy va mahalliy boshqaruv tizimi izdan chiqdi, ular o'rtasidagi aloqalarda yaqqol uzilish ro'y berdi. Natijada mamlakat bir necha mustaqil mulklarga ajralib ketdi. Davlatning chegara hududlarida joylashgan viloyatlardagi turli siyosiy kuchlar bu vaziyatdan foydalanishga harakat qildilar. Oqibatda, markaziy hokimiyatdan mustaqil ma'muriy birliklar tashkil topdi. XVII asr oxiri - XVII asr boshlarida Farg'ona vodiysida Minglarning boshqa o'zbek urug'lariga nisbatan mavqei kuchayib, ular tomonidan yangi davlatga asos solindi. 1709 yilda Minglar urug'i yetakchisi Shohruhbiy, garchi yangidan davlat barpo etilayotgan bo'lsada, O'rta Osiyoda azaldan mavjud an'analarga ko'ra, oq kigizga solinib, nufuzli oqsoqollar tomonidan ko'tariladi va yangi davlatning birinchi hukmdori deb elon qilinadi. Keyinchalik mazkur davlat Qo'qon xonligi nomi bilan tarixga kiradi. Shohruxbiydan uch o'g'il: Abdurahimbiy, Abdukarimbiy va Shodibiylar qoladi. Shohruxbiyning vafotidan so'ng 1721 yilda taxtga uning o'g'li Abdurahimbiy o'tirgan. Abdurahimbiy (1721-1733) mamlakatning siyosiy qudratini oshirib, hududiy chegaralarini kengaytirish maqsadida harbiy yurishlar uyushtirdi va qo'lga kiritilgan hududlarni o'z aka-ukalariga taqsimlab bergan edi. Qo'qon xonligi davlatchiligi taraqqiyotini ushbu nuqtai nazardan quyidagi uch davrga bo'lish lozim: Birinchi davr - dastlabki hukmdorlar (Abdurahimbiy, Abdukarimbiy, Erdonabiy va Norbo'tabiy)ning davlatni shakllantirish va rivojlantirish borasidagi siyosiy-huquqiy, iqtisodiy hamda madaniy-ma'rifiy sohadagi faoliyatlari davrini o'z ichiga oladi. Xonlik yangi tashkil topgan paytda hukmdorlar biy deb atalgan hamda xonlikda bekliklar tashkil etilib, ularda boshqaruv yo'lga qo'yilgan edi. Abdukarimbiy dastlab Qo'qon shahrini qayta tiklab, poytaxtni Tepaqo'rg'ondan Qo'qonga ko'chiradi. Shu tariqa Qo'qon shahri poytaxt hisoblanadi va keyinchalik davlat mazkur shahar nomi bilan Qo'qon xonligi deb atala boshlaydi. Bundan tashqari, Madrasai oliy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.79 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.79 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:56 ]
Arxiv ichida: doc