Qoraqalpog'iston davlat hokimiyati organlarining o'zaro munosabatlari Reja: 1. Qoraqalpog'iston davlat hokimiyati organlarining huquqiy asoslari 2. Markaziy va mahalliy vakillik organlari o'rtasidagi munosabatlar 3. Vazirlar Kengashi va mahalliy ijro hokimiyati o'rtasidagi o'zaro munosabatlar O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, uning tarki-biga kiruvchi Qoraqalpog'istonda ham, eng muhim demakratik insti-tutlar bilan birga, hokimiyatlar bo'linishi tamoyili ham o'rnatil-di. Ushbu tamoyilning ilgari surilishi demakratik islohatlar yo'lida muhim qadam hisoblanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasida davlat hokimiyatini yuqorida ta'riflangan eng demakratik insti-tutlardan hisoblanmish, hokimiyatlar bo'linishi tamoyili asosida shakllanadi. Davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro hokimiyati va sud hokimiyatlariga bo'lingan holda bir biridan mustaqil bo'lgan organlar tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Bu qoida Konstitu-siyada o'z ifodasini topgan. Qoraqalpog'iston Konstitutsiyasining 11-moddasida, Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi asosida amalga oshiriladi, deb belgilab qo'yilgan. Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida, nutqlarida ham hokimiyatlar bo'linishi prinsipiga, uning ahamiyatiga alohida e'tibor berilgan. Zero, davlat - hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi hokimiyatning bo'linishi prinsipi asosida amalga oshiriladi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati davlatning uchta asosiy tayanchidir Respublikamizda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi tamoyili amal qilmoqda. Davlat boshqaruvini yangi, yanada zamonaviy tizimini shakllan-tirish bo'yicha barcha sohada islohatlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayo-nida to'plangan va Respublika sharoitiga tadbiq qilsa bo'ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalarda shak-shubhasiz samarali foy-dalanadi - deb yurtboshimiz tomonidan ta'kidlangan edi. Hokimiyat muammolari, uning tushunchasi, ijtimoiy mohiyati haqida professor Z.M.Islomovning ilmiy asarlarida keng talqin etilgan. Hokimiyat bo'linish prinsipi davlatning Asosiy Qonunida mustahkamlab qo'yilishi demokratik huquqiy davlat sari qo'yilgan muhim qadamlardan biridir. Uning mazmunidan shuni ko'rish mumkinki, Respublikada yagona davlat hokimiyati tizimi tashkil etiladi. Hokimiyat bo'linishi tamoyilining talablariga binoan bunday davlat hokimiyatida vakolatlar turli davlat organlariga, chunonchi qonunchilik vakolatlari Jo'qorg'i Kengesga, ijro vakolat-lari Vazirlar Kengashiga, sudlov vakolatlari sud organlariga taqsimlab berilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi qonunchilik sohasida barcha vakolatlarga ega. Asosiy Qonunimizning 68-moddasida Jo'qorg'i Kenges oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi» degan qoida mustahkamlab qo'yilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi hududiy saylov okruglari bo'yicha ko'ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga sayla-nadigan 86 deputatdan iborat. Respublika parlamenti - Qoraqal-pog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deb ataladi. Suveren Respublikada demokratik jamiyat qurish, erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan muhim qonunlar va qarorlar qabul qilindi. Qoraqalpog'iston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat organi Vazirlar Kengashi bo'lib hisoblanadi. Ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va bir qator soha qo'mitalarining raislari ham kiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida o'zining ish olib boruvchi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.11 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.11 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc