Qoraqalpog'iston Respublikasi davlatchiligida hokimiyatni bo'linish tamoyillarini amalga oshirishning nazariy va amaliy masalalari

Qoraqalpog'iston Respublikasi davlatchiligida hokimiyatni bo'linish tamoyillarini amalga oshirishning nazariy va amaliy masalalari

O'quvchilarga / Huquq
Qoraqalpog'iston Respublikasi davlatchiligida hokimiyatni bo'linish tamoyillarini amalga oshirishning nazariy va amaliy masalalari - rasmi

Material tavsifi

Qoraqalpog'iston Respublikasi davlatchiligida hokimiyatni bo'linish tamoyillarini amalga oshirishning nazariy va amaliy masalalari Reja: 1. Qoraqalpog'istonda davlat tizimining shakllanishi muammolari 2. Qoraqalpog'iston Respublikasida vakillik hokimiyatining shakllanish va rivojlanish jarayoni 3. Qoraqalpog'iston Respublikasida ijro hokimiyatining shakllanishi 4. Qoraqalpog'iston davlatchiligi shakllanishida sud hokimiyatini tuzilishi Respublikamizda huquqiy demokratik jamiyat asoslari faol barpo etilmoqda. Avvalgi totalitar tuzum qusurlariga keskin bar-ham berilmoqda. Ko'ppartiyaviylik amalda ro'yobga chiqdi, tanho maf-kura hukmronligiga chek qo'yildi. Respublikada umuminsoniy qad-riyatlar, chinakam demokratiya, inson huquqlari va erkinliklarining jahon e'tirof etgan qoidalari ustuvorligi qaror topmoqda. Qoraqalpog'istonda so'zda emas-amalda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijroiya va sudlov hokimiyatlariga bo'linish tamoyili amal qilmoqda. Qoraqalpog'iston xalqi davlat hokimiyatining chinakam manbaiga aylandi va bu hokimiyatni ham bevosita, ham o'z vakolatli vakillari- deputatlar korpusi orqali amalga oshirmoqda. Bularning hammasi qonun chiqaruvchilik ishini faol yo'lga qo'yishni taqozo etdi. Shu boisdan Respublika parlamenti - Jo'qorg'i Kenges-ning butun salohiyati bugungi kunda yosh suveren davlatimizni har tomonlama huquqiy ta'minlashga yo'naltirilgan. Jo'qorg'i Kenges Qoraqalpog'istonning suverenligini, mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo'lidan borib, uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. Respublikada ijro etuvchi hokimiyatni boshqarish uning oliy ijro organi Vazirlar Kengashiga yuklatilgan. Joylarda boshqaruv tizimini qayta tashkil etish vazifasi qo'yilib, muvaffaqiyatli uddalandi - tumanlar va shaharlarda hokimlik tuzilmalari joriy etildi. Qonunlar ustuvorligini, ular oldida mamlakat barcha fuqarolari tengligini ta'minlovchi sud hokimiyatini qayta tashkil etish ishlari faol olib borilmoqda. Fuqarolik jamiyatining ushbu tarkibiy qismlari qonunchilik va huquq-tartibotning, qat'iy-intizom va mas'uliyatlilikning asosi bo'lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» nomli asarida milliy davlatchilikni barpo etishda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish zarurligini bejiz ta'kidlamagan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tizimiga ko'ra davlat yuqori organlari hokimiyat bo'linish prinsipiga asoslanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash-ning X-sessiyasida ta'kidlaganidek O'zbekiston milliy davlat tuzilishi uch yagona hokimiyat, ya'ni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatidan iborat. Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari ham xuddi shunday tuzilishga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Kons-titutsiyasining 11-moddasida ko'rsatilganidek: davlat hokimiyati qo-nun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo'linishi prinsipiga asoslanadi. Hokimiyat bo'linishi prinsipi - bu huquqiy demokratik davlatning muhim belgisi. Zamonaviy huquqiy nazariya va amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, davlat hokimiyat organlari o'zining vakolat doirasida juda keng vakolatga ega. Shuning uchun yagona, suverenitetga ega davlatga qonun chiqaruvchi, kuchli ijro etuvchi va mustaqil sud hokimiyatining mustaqil tizimi bo'lishi mumkin. Mustaqil sud hokimiyati - huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi. Oyoqqa turayotgan huquqiy demokratik davlatda kelajak-da adolatlilik va qonun ustuvorligi uchun qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va siyosiy partiyalardan mustaqil sud hokimiyati muhim aha-miyatga ega. Davlat hokimiyatining uchinchi tarmog'i - sud hokimiyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 105.35 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 105.35 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga