Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiviy maqomi Reja: 1. Qoraqalpog'iston Respublikasi - O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren davlat 2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat tuzilishi 1. Qoraqalpog'iston Respublikasi - O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren davlat O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVII bobi Qoraqalpog'iston Respublikasi deb nomlangan. Mazkur bob 6 moddadan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga ko'ra, Suveren Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi va Qoraqalpog'iston Respublikasining suvereniteti O'zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi deyiladi. Asosiy qonunning 70-moddasi 1992 yil 9 yanvarda Qoraqalpog'iston Respublikasi tashkil topganligini va 1993 yil 9 aprelda qabul qilingan Asosiy Qonuni bilan uning O'zbekiston Respublikasi tarkibida suverenligini tasdiqlaydi. Suveren Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun xalq bayrami deb e'lon qilindi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining I bobi Davlat suvereniteti deb nomlanib, uning 1-moddasida Qoraqalpog'iston - O'zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren demokratik Respublikadir, deb belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida, Qoraqalpog'iston Respublikasining o'z Konstitutsiyasiga ega bo'lishligi, uning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo'lmasligi ko'rsatilgan. Shuni ta'kidlash joizki Sobiq Ittifoq davrida Avtonom Respublikalarning Konstitutsiyalari ular qaysi Respublikalar tarkibiga kiritilgan bo'lsa o'sha davlat hokimiyatining oliy organlari tomonidan tasdiqlanishi shart edi. O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritib bu adolatsizlikka chek qo'ydi. Qoraqalpog'iston suveren Respublikasi bilan mustaqil O'zbekiston Respublikasining bir-butun yaxlitligi mustahkamlangan. Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasining 15-bandida O'zbekiston Respublikasining Oliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hujjatlarining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga muvofiqligi haqida O'zbekiston Konstitutsiyaviy sudiga taklif kiritish huquqi belgilangan. 81-moddasida esa Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi raisining vakolatlari jumlasiga, O'zbekiston Respublikasi qonunlarini va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va boshqa hujjatlarini turmushga tatbiq etishni tashkil qiladi deyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy normalardan xulosa qilib aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelsa, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari amalda bo'ladi. Qoraqalpog'iston Respublikasida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyalari va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. O'zbekiston fuqarolari uchun majburiy bo'lgan qonunlar uning tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog'iston hududida ham majburiydir. Qoraqalpog'iston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishini uning o'zi ko'rib chiqadi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruv tizimini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatiga mos holda o'z siyosatini yurgizadi. Qoraqalpog'iston Respublikasining hududi bo'linmas va daxlsizdir. Qoraqalpog'istonda davlat tili - qoraqalpoq va o'zbek tillardir. Ayni vaqtda Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida iste'qomat qiluvchi barcha millat va ellatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishi ta'minlanadi ularning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi va suveren Respublikaning davlat ramzlari hurmat qilinadi, va davlatning xalq irodasini ifoda etishi, xalq manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida javobgar ekanligi qayd etiladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 74-moddasi g'oyat muhim siyosiy mazmun kasb etadi. Unda O'zbekiston tarkibidagi Qoraqapog'istonning chinakam suverenligini tasdiqlovchi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.79 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.79 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc