Qo'shimcha jazolarni ijro etish. Koloniya va turmalarda jazoni o'tash

Qo'shimcha jazolarni ijro etish. Koloniya va turmalarda jazoni o'tash

O'quvchilarga / Huquq
Qo'shimcha jazolarni ijro etish. Koloniya va turmalarda jazoni o'tash - rasmi

Material tavsifi

Qo'shimcha ja'zolarni ijro etish. Koloniya va turmalarda jazoni o'tash RYeJA: Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish jazosini ijro etish tartibi Maxsus o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish Yetkazilgan zararni to'lash yoki bartaraf qilish Manzil koloniyalarda jazoni o'tash tartibi va shartlari. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni o'tash tartibi va shartlari. Qo'shimcha ja'zolarni ijro etish tushunchasi, tartibi va shartlari. Ja'zolarni ijro etishda qo'shimcha ja'zolarning ahamiyati, qo'shimcha ja'zolarning turlari. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi va shartlari. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish jazosini ijro etish organlari va ijro etish muddatlari. Jazoni ijro etish organlari va ularni vazifalari. Harbiy yoki maxsus unvonga ega bo'lgan shaxs og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat uchun hukm qilinganida sud hukmi bilan mazkur unvondan mahrum qilinishi mumkin. Oliy harbiy yoki maxsus unvonga yohud O'zbekiston Respublikasining Davlat mukofotiga ega bo'lgan shaxs og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat uchun hukm qilinganida sudning hukm asosida kiritadigan taqdimnomasiga ko'ra mazkur unvon yoki mukofotdan mahrum qilinish mumkin. Mahkumning harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish to'g'risida hukm chiqargan sud hukmining nusxasini shu unvonni bergan organga yuboradi. Zahiradagi harbiy xizmatchiga taalluqli hukm nusxasi uning yashash joyidagi mudofaa ishlari bo'limiga yuboriladi. Unvon bergan organni mansabdor shaxsi mahkumniunvondan mahrum qilish to'g'risidagi yozuvni belgilangan tartibda tegishli hujjatlarga kiritadi, bu unvon bilan bog'liq huquq va imtiyozlarni tugatish choralarini ko'radi hamda hukm chiqargan sudga hukmning nusxasi olingan kundan boshlab, bir oylik muddat ichida uning ijro etilganligi haqida xabar qiladi. Voyaga yetmagan shaxs jabrlanuvchidan og'zaki yoki yozma ravishda ko'pchilikni oldida yoki yakka tartibda uzr so'raydi. Uzr so'rash joyi, vaqti va tartibini sud belgilaydi. Uzr so'rash majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi to'g'risida tegishli hujjat tuziladi. Voyaga yetmagan shaxslar xalq taolimi organlarining maxsus o'quv-tarbiya muassasalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtiriladi. Voyaga yetmagan shaxslarning maxsus o'quv-tarbiya muassasalarida bo'lishi tartibi va sharoiti, o'quv jarayoni va tarbiyaviy taosirga oid ishni tashkil etish O'zbekiston Respublikasi Xalq Taolimi vazirligi tomonidan belgilanadi. Voyaga yetmagan shaxsning etkazilgan zararni o'z mablag'lari hisobidan yoki o'z mehnati bilan to'lashi yohud bartaraf etishi sud tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Yetkazilgan zararni o'z mablag'lari hisobidan yoki o'z mehnati bilan to'lash yohud bartaraf etish majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi to'g'risida tegishli hujjat tuziladi. Koloniya va turmalarda jazoni o'tash asoslari va tushunchasi. Manzil-koloniyalarda jazoni o'tash tartibi va bu koloniyalarda saqlanadigan mahkumlar. Manzil-koloniyalarda jazoni o'tash shartlari. Mahkumlarning huquqiy holatlari va imtiyozlari. Manzil-koloniyalarda mahkumlarning mehnati, taolimi. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni o'tash tartibi. Umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlarning huquqiy holatlari. Umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlarning sharoitini engillashtirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.88 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.88 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga