Qotillik jinoyatlarini tergov qilish uslubiyoti

Qotillik jinoyatlarini tergov qilish uslubiyoti

O'quvchilarga / Huquq
Qotillik jinoyatlarini tergov qilish uslubiyoti - rasmi

Material tavsifi

Qotillik jinoyatlarini tergov qilish uslubiyoti Reja: 1. Qotillik jinoyatlarining kriminalistik tavsifi va aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar 2. Jinoyat ish qo'zg'atish va dastlabki tergov, tezkor harakatlarini o'tkazish 3. Tergovni rejalashtirish va versiya yuritish Qotillik, ya'ni qasddan insonni hayotdan mahrum etish jinoyatlari og'ir va tergov uslubi ancha murakkab kechadigan hodisalardan hisoblanadi. Kriminalistik tergov uslubini qo'llash qotillik jinoyatini tekshirishda jabrlanuvchining o'limi sababini aniqlashga: u o'z-hayotiga qasd qildimi, o'limi tabiiy holatda yuz berdimi, baxtsiz hodisa natijasida yoki qotilning tajovuzidan sodir bo'ldimi, degan holatlarni aniqlashga qaratiladi. Shuning uchun har qanday holat-larda topilgan odamning murdasi yoki ma'lum insonning shubhali vaziyatda bedarak yo'qolish hodisasi kriminalistik tergov uslubi qoidalariga asoslangan holda tekshirilishi lozim. Qotillik jinoyatlarini sodir etishda jinoyatchilar turli usul va qurollarni qo'llaydilar. Ko'p hollarda ular o'q otish va sovuq qurollar, turli uy-ro'zg'or buyumlari (pichoq, tesha, bolta), biror qattiq predmet (temir, tosh kabi)lar bilan jarohat yetkazib qotillik sodir etadilar. Qotillik jinoyatlari bo'g'ish, jabrlanuvchining nafas olish yo'llarini bekitish, zaharlash, suvda cho'ktirish, portlatish va boshqa usullar bilan ham sodir etiladi. Jinoyatni sodir qilish usullari, jinoiy harakat motivlari, joyi, vaqti, hodisaning oqibati, izlar, qurollar bularning barchasi kriminalistik tavsifni tashkil qiladi. Uning ayrim elementlari esa bir-birlari bilan bog'liq bo'lib, biri-ikkinchisidan kelib chiqadi va to'ldiradi. Ayniqsa, jinoyatning subyekti, jabrlanuvchi, ishlatgan qurol va jinoyat joyi kabi elementlar o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, har qaysi elementdan qolgan izlar (oqibatlar) boshqa elementlarda aks etadi, birini kuzatish va tekshirish bilan ikkin-chisi unga bog'liq bo'lgan holatning xususiyatini keltirib chiqaradi. Jinoyatning kriminalistik tavsifini belgilashda yuqorida keltirilgan holatlarning ketma-ketligi, hodisa joyidagi vaziyat-larning kelib chiqishi, birining oqibati ikkinchisida ma'lum izlarning qoldirishi kabilarini aniqlash tergov dastlabki bosqichi-ning muvaffaqiyatli bo'lishiga asos hisoblanadi. Tergov amaliyoti tajribasiga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, eng ko'p tarqalgan qotillik jinoyatlari uy-joy binola-rida, jamoat joylarida, ko'chalarda sodir etiladi, bunda jinoyat-ning oqibati, qurollar, izlar yashirilmaydi, qotilning o'zi ham ba'zida qochmaydi, bekinmaydi. Bunday jinoyatlar ko'pincha g'arazlik, o'ch olish, rashq, bezorilik, ikki jinoiy guruhlarning qarama-qarshi-lik to'qnashuvlari natijasida sodir bo'ladi. Bu holatlarda sodir etilgan qotillik jinoyatlarining ochilishi va tergov jarayoni uncha-lik qiyinchilikni tug'dirmaydi. Tergov uslubi tavsiya etgan taktik va metodik vositalarni qo'llash va hodisa joyidagi qurollar, izlar, jabrlanuvchi shaxsi va o'lim sababi haqidagi dastlabki ma'lumotlar asosida versiya-tusmollarini ishlab chiqish va tergovni to'g'ri tash-kil etish, ya'ni ishni tegishli muddatlarda ochish-isbotlash mumkin bo'ladi. Ayrim hollarda qotillik jinoyati yashirin vaziyatda, guvohlar-siz, kechaning qorong'uligi, odamning yo'qligidan foydalanib sodir etiladi. Jinoyatchi qasdga tayyorgarlik ko'radi, hodisa joyidagi izlarni yo'qotishga, qurolni o'zi bilan olib ketishga, ba'zida jabrlanuvchi marhumning tanasini bekitish-yo'qotishga ham harakat qiladi. Bun-day jinoyatlar tergov olib borish, isbotlash nuqtai-nazaridan mu-rakkab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.77 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 56.77 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga