Qurilish pudrati shartnomasi. Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi. Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati shartnomasi Reja: 1. Qurilish pudrati shartnomasi tushunchasi va uning huquqiy belgilari 2. Qurilish pudrati shartnomasining tuzilishi va tanlov savdolarini o'tkazish 3. Loyiha-smeta hujjatlari 4. Qurilish pudratining shartnomasi bo'yicha taraflarning huquq va majburiyatlari 5. Qurilish pudrati shartnomasi bo'yicha javobgarlik 6. Qurilish pudrati shartnomasining turlari 5. Ilmiy tekshirish, tajriba konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati 1. Qurilish pudrati shartnomasi tushunchasi va uning huquqiy belgilari Qurilish pudrati shartnomasi pudrat shartnomasini bir turi hisoblanadi. Chunonchi, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 66-moddasida qurilish pudrati shartnomasi bo'yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig'i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to'lash majburiyatini oladi. Qurilish pudrati shartnomasi mamlakat iqtisodiyotida ko'p qo'llanishi bilan va o'ziga xos jihatlarga egaligi bilan maishiy pudrat, loyiha va qidiruv ishlari pudrati, ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati shartnomalaridan ajralib turadi. Qurilish pudrati shartnomasi murakkab tuzilishga ega. Chunonchi ushbu shartnoma boshqa pudrat shartnomalaridan farqli ravishda tartibga solish doirasi keng qamrovli hamda boshqa shartnomalarning ham elementlarini o'zida mujassam etadi. Qurilish pudrati shartnomasi korxonalarni, turar-jorylarni bino va inshoatlarni qurish, qayta ta'mirlash va rekonstruksiya qilish, montaj ishlarini amalga oshirish maqsadida tuziladi. Pudrat shartnomalari ichida qurilish pudrati huquqiy tartibga solish manbalariga boyligi bilan ajralib turadi. Chunki bu shartnomaviy munosabatlarni, uning subyektlarini huquqiy tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan. Qurilish pudrati shartnomasini o'ziga hos xususiyatlaridan biri shundaki, unda taraflar o'rtasidagi munosabatlar bajarilgan ishlar yakunlangandan keyin ham davom etadi. Bunda pudratchi shartnomaga ko'ra qurilish yakunlangandan so'ng ushbu obyektga xizmat ko'rsatish jumladan, buyurtmachining xodimlarini obyektdan foydalanishni o'rgatish, foydalanish uchun turli ko'rinishdagi yo'riqnomalarni ishlab chiqish va boshqa majburiyatlarni o'z zimmasiga olgan holatlar nazarda tutiladi. Odatda bunday xizmatlar hajmi, qiymati va boshqa tavsiflari haqidagi kelishuv qurilish pudrati shartnomasida ko'rsatib o'tiladi. Demak, pudratchining majburiyatlariga obyektni qurib bitkazishgina emas ushbu obyektdan maqsadli foydalanish uchun buyurtmachiga texnik va boshqaruv ko'nikmasi va bilimlarini berish majburiyati ham kiradi. Pudrat shartnomasini tuzishda yuqorida ko'rsatib o'tilgan taraflarning majburiyatlarini kiritish bilan o'z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda etiborli bo'lish va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda kelgusida shartnoma tarafi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishga ko'mak beradi. Qurilish pudrati shartnomasining asosiy huquqiy belgilari: birinchidan, bu shartnoma sonsensual, yani taraflar o'rtasida o'zaro kelishuvga erishilgan va shartnomada tuzilgan paytdan boshlab taraflarda huquq va burchlarni vujudga keltiradigan shartnomalar guruhiga mansabdir; ikkinchidan, haq baravariga tuziladigan shartnomadir; uchinchidan, qurilishga oid pudrat shartnomasi har ikki ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
85.8 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
85.8 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:58 ]
Arxiv ichida: docx