Qurolni o'q otish uchun aroqliligini aniqlash maqsadida tadqiq etish Ko'p hollarda o'tochar qurollarning moddiy qismlari uning o'q otish uchun yaroqliligi va undan o'q otishning imkoniyatlari haqidagi savollarga javob berish uchun tadqiq etiladi. O'tochar qurollar uch mezonga mos kelishini ta'kidlab o'tish joizdir: 1) o'tocharliligi - snaryadning otilishi uchun portlovchi moddalarning yonishidan hosil bo'ladigan energiyadan foydalanish prinsipi; 2) qurolliligi - obyektning tuzilishidan kelib chiquvchi jarohatlar yetkazish uchun mo'ljallanganligi. Bunda obyektning tuzilishi uch tugundan iborat bo'lishi kerak: mil, yopish mexanizmi, otuvchi (yonuvchi yoki yondiruvchi) mexanizm va o'qning yetarli zarar yetkazuvchi kuchining mavjudligi. O'qning zarar yetkazuvchi kuchi kalibrga bog'liq bo'ladi; 3) ishonchliligi - qurol bilan ishlashning xavfsizligi va uning mo'tadil ishlashi. Bu holda qurolning asosiy mexanizm va tugunlari bittadan ortiq o'q otilishlariga dosh berishi kerak. Zavodda tayyorlangan qurol, agar u mexanik nosoz va o'q otish uchun yaroqsiz bo'lsa ham, qurol hisoblanaveradi. O'zi mo'ljallangan ko'rinishdagi o'q otishni ta'minlaydigan qurol otish uchun yaroqli hisoblanadi. Ya'ni o'q otuvchi qurol uchun - o'qlar bilan otishni, sochma otuvchi uchun - sochmalar bilan otishni, o'zi o'qlanuvchi qurollar uchun - o'zi qayta o'qlanib otilishi va hokazo. Ko'p hollarda qurollar turli xil otishlar uchun mo'ljallangan bo'ladi (masalan, donalab otuvchi yoki uzluksiz otuvchi, har otishda tepkini alohida ko'tarib otish va boshqalar). Bunga mos ravishda ekspert oldiga qo'yiladigan savollarning ham mohiyati aniqlanadi. Agar ularda yuqorida ta'kidlanganidek, maxsus talablar qo'yilmagan bo'lsa, bu kabi qurollarga qo'yiladigan talablarga javob berishini aniqlash kerak bo'ladi. Bu holda savollar quyidagicha mazmunga ega bo'ladi: - Fuqaro dan olingan raqamli PM to'pponchasi otish uchun yaroqlimi? - Fuqaro dan olingan raqamli TOZ - 8 vintovkasi otish uchun yaroqlimi? Qurollarning texnik jihatdan sozligi (nosozligi), faqat qanday texnik parametrlarga mos kelishi oldindan ma'lum bo'lgan, sanoatda seriyalab ishlab chiqariladigan qurollarga tegishli. Bu tushunchani qo'lbola usulda yasalgan qurollarga qo'llab bo'lmaydi, chunki bunday qurollar uchun texnik talablar ishlab chiqilmagan va tasdiqlanmagan. Bundan tashqari, qurolning texnik jihatdan sozligi yoki nosozligi uning otish uchun yaroqliligidan yoki yaroqli emasligidan darak bermaydi (masalan, qo'yib yuboruvchi ilmoq saqlovchi halqasining yo'qligi). Qurolning otish uchun yaroqliligini aniqlashda esa ekspert beixtiyor qurolning moddiy qismlarini baholaydi va bu baholash xulosada o'z aksini topadi. Agar tergov organlarini qurolning umumiy otish uchun yaroqliligi emas, balki uning ma'lum turdagi otish uchun yaroqliligi qiziqtirsa, u holda savollar ham kerakli tarzda shakllanadi: - Fuqaro M. dan olingan raqamli silliq milli qurol 100 metr masofaga otish uchun yaroqlimi? - Fuqaro K. dan olingan qo'lbola usulda yasalgan avtomat avtomatik ravishda o'q otish uchun yaroqlimi? Shunday qilib, qurolning otish uchun yaroqliligini aniqlash ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.49 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.49 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:58 ]
Arxiv ichida: doc