Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash

Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash

O'quvchilarga / Huquq
Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash - rasmi

Material tavsifi

Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash Reja: Radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish Radioaktiv materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash (JK 252-moddasi) Jinoyatning bevosita obyekti radioaktiv materiallarning muomalasini belgilovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Bevosita qo'shimcha obyekt - o'zgalar mulki fuqarolarning hayoti va sog'lig'i daxlsizligini taminlovchi ijtimoiy munosabatlar. Radioaktiv materiallar, yani ion nurlari chiqaruvchi (radiatsiya manbalari) chiqindilar, shuningdek, issiqlik chiqaruvchi yadroviy reaktorlarining qurilmalari, radioaktiv manbalar, yadro materiallari, radioaktiv moddalar, radioaktiv chiqindilar jinoyatning predmeti hisoblanadi. obyektiv tomondan JK 252-moddasida nazarda tutilgan jinoyat radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallashdan iboratdir. subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va undan ko'zlangan maqsad qilmishni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas. Jinoyatning subyekti 14 yoshga to'lgan, aqli raso jismoniy shaxs bo'lishi mumkin. JK 252-moddasi 2-qismida radioaktiv materiallarni: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) mansab mavqeidan foydalangan holda egallaganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. JK 252-moddasi 3-qismida radioaktiv materiallar: a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab; b) o'ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilishi uchun javobgarlik belgilangan. Radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish (JK 253-moddasi) Jinoyatning bevosita obyekti radioaktiv materiallar bilan muomalada bo'lish tartibini belgilovchi jamoat xavfsizligi hisoblanadi. Bevosita qo'shimcha obyekti o'zgalar mulki, fuqarolarning hayoti va sog'lig'ining daxlsizligini taminlovchi ijtimoiy munosabatlardir. Jinoyatning predmeti radioaktiv materiallar hisoblanadi. obyektiv tomondan jinoyat radioaktiv materiallarni saqlash, hisobga olish, foydalanish, tashish, jo'natish va ular bilan muomalada bo'lishning boshqa qoidalarini buzish natijasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast etkazilishidan iboratdir. subyektiv tomondan ushbu normada nazarda tutilgan jinoyat aybning murakkab shakli bilan tavsiflanadi. Jinoyatning subyekti 16 yoshga to'lgan, aqli raso jismoniy shaxs bo'lishi mumkin, shuningdek, radioaktiv materiallar bilan muomalada bo'lish bo'yicha muayyan majburiyatlar zimmasiga yuklatilgan mansabdor yoki boshqa shaxslar ham bo'lishi mumkin. JK 253-moddasi 2-qismida radioaktiv moddalar bilan muomalada bo'lish qoidalarining buzilishi: a) odam o'limiga; b) boshqa og'ir oqibatlarga olib kelganligi uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Radioaktiv materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish (JK 254-moddasi) Jinoyatning bevosita asosiy obyekti radioaktiv materiallar bilan muomalada bo'lish tartibini belgilovchi jamoat xavfsizligi hisoblanadi. Bevosita qo'shimcha obyekti ekologik xavfsizlik, fuqarolarning hayoti va sog'lig'i, o'zgalar mulkining daxlsizligini taminlovchi ijtimoiy munosabatlardir. Radioaktiv materiallar - ion nurlari tarqatuvchi manbalar, turli fizikaviy holatda, har qanday qurilma yoki buyum ko'rinishidagi radioaktiv moddalar yoki yadro materiallar jinoyatning predmeti hisoblanadi. obyektiv tomondan jinoyat radioaktiv materiallar bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo'lish, yani radioaktiv materiallar (qurilmada yoki buyum tarkibida har qanday fizik holatda yoinki boshqa ko'rinishda turgan ion nurlari tarqatuvchi manbalar)ga, radioaktiv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.97 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.97 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga