Retsidiv jinoyatlarning kriminologik tavsifi va ularning oldini olishni tashkil etish

Retsidiv jinoyatlarning kriminologik tavsifi va ularning oldini olishni tashkil etish

O'quvchilarga / Huquq
Retsidiv jinoyatlarning kriminologik tavsifi va ularning oldini olishni tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Retsidiv jinoyatlarning kriminologik tavsifi va ularning oldini olishni tashkil etish Reja: Retsidiv jinoyatchilik va uning kriminologik tavsifi Retsidivistlarning shaxsiga xos xususiyatlar Retsidiv jinoyatchilikning sabab va sharoitlari Retsidiv jinoyatlarning oldini olishga oid chora-tadbirlar tizimi Retsidiv jinoyatchilik va uning kriminologik tavsifi Retsidiv jinoyatchilik kriminologiya fanida alohida tadqiqot obyekti sifatida atroflicha o'rganiladi. Chunki jinoyatlarning qayta-qayta sodir etilishi natijasida jamiyat va uning a'zolariga ma'naviy zarar yetkazilishi ijtimoiy hayotdagi eng salbiy holatdir. Shuning uchun ham retsidiv jinoyatchilikning oldini olish va unga yo'l qo'ymaslik har bir davlatning jinoiy-huquqiy siyosatida muhim o'rin tutadi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 34-moddasiga ko'ra, retsidiv jinoyat deganda, muqaddam qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlangan shaxs tomonidan takroran jinoyat sodir etilishi tushuniladi. «Retsidiv» so'zi takroran, boshqatdan va bo'lib o'tgan ishga yana qaytish ma'nolarini anglatadi. Eng muhimi, retsidiv jinoyatlar boshqa jinoyatlardan farq qilib, jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari tegishli chora ko'rganidan so'ng mazkur shaxs tomonidan yana qaytadan jinoyat sodir etilishi oqibatida yuzaga kelishiga alohida e'tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Birinchi bor va takroran sodir etilgan jinoyatlarga qo'llaniladigan ta'sir chorasidan kelib chiqqan holda, jinoyat, jinoiy ja'zolarni ijro etish huquqi va kriminologiya fanlari tomonidan tegishlicha tushuncha berilishi o'quvchiga yaxshi ma'lum. Aynan retsidiv jinoyatlarning qanday ta'riflanishidan kelib chiqib, bunday jinoyatlarni sodir etuvchi «retsidivist» shaxsiga ham baho beriladi. Tabiiyki, «retsidiv jinoyatlar» tushunchasini to'g'ri ta'riflash nafa- qat nazariya, balki amaliy faoliyat uchun ham katta kriminologik ahamiyatga ega. Jinoyat huquqi fanida retsidiv jinoyatlarga o'ziga xos ta'rif berilgan. Unga ko'ra, sudlanganligi olib tashlanmagan shaxsning yangidan jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat hisoblanadi. Bu retsidiv jinoyatning jinoiy- huquqiy ta'rifidir. Jinoiy ja'zolarni ijro etish huquqida esa muqaddam ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsga yana aynan shunday jazo tayinlanishi oqibatida penitensiar retsidiv yuzaga kelishi e'tirof etilgan. Binobarin, shaxsning to'g'ri yo'lga kirishi jazo muddatining tugashi bilan bog'liq emasligi ham aynan ushbu huquq tarmog'ining qoidasidir. Ma'lumki, muqaddam sudlangan har bir shaxsda qandaydir darajada o'ziga xos bo'lgan salbiy xislatlar yashirin holda bo'lsa-da, saqlangan bo'ladi va bu ma'lum bir vaziyatlarda jinoyat sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Demak, bu ham retsidiv jinoyat deb topiladi. Kriminologiya fanida retsidiv jinoyatlarni tavsiflashga o'zgacha yondashiladi. Ba'zi huquqshunos olimlarning retsidiv jinoyatlar xususidagi tortishuvlari bir qator o'ziga xos ilmiy- nazariy asoslarga ega bo'lgan ta'riflar mavjudligini ko'rsatadi. Kriminologiyada sudlangan-sudlanmagani, sudlanganligi olib tashlan- maganligidan qat'i nazar, shaxsning takroran jinoyat sodir etishiga olib kelgan barcha jihatlar o'rganiladi. Bunday yondashuv ko'pchilik mualliflar tomonidan e'tirof etilganligini ko'rish mumkin. Biroq retsidiv jinoyatchilikni bu tariqa yoritish uni tadqiq etishda bir muncha qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin. Zotan, retsidiv jinoyatlar bilan bog'liq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.78 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.78 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga