Rim huquqda boshqa ashyoviy huquqlar Reja: Kirish. Asosiy qism. 1.Ashyolar tushunchasi va turlari. 2.Egallash tushunchasi va turlari 3.Egalik qilish va uning tugatilishi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Rim huquqining asosiy institutlaridan birini tashkil etadigan munosabatlar - bu ashyoviy huquqiy munosabatlardir. Ashyoviy huquqiy munosabatlar fuqarolik huquqining asosiy obyektlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Qadimgi Rim tarixida ayniqsa uning sinfiy davrida ashyolar tushunchasi keng ma'noda ishlatilgan. Rim yuristlari ashyolar - bu tashqi dunyoning moddiy munosabatlaridan iboratdir, ular o'z ichiga yuridik munosabatlarni va huquqni ham qamrab oladi deb ta'riflaganlarAshyoviy huquqiy munosabatlar - erk, xohish, iroda bilan bog'liq bo'lgan shaxslar yoki guruhlar o'rtasidagi ashyolarning kimgadir taalluqliligini belgilaydigan va mustahkamlaydigan ba'zi holatlarda o'zgartiradigan holatlar haqidagi umumiy ta'limotdan iborat bo'lib,shaxslarning ashyolar ustidan hukmronligini va boshqarishni ta'minlovchi munosabatlardir. 1. Ashyolar tushunchasi va turlari Ashyolar ko'chmas mulklar va ko'chirilishi mumkin bo'lgan, bo'linadigan va bo'linmaydigan iste'mol qilinadigan va iste'mol qilinmaydigan jinsiy alomatlarga ega bo'lgan ashyolar va individual ashylarga, oddiy va murakkab ashyolarga, asosiy va mansub ashyolarga fuqarolik muomalasidan chiqarilgan va fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan va boshqa ashyoviy huquqiy munosabatlarga bo'lingan. Rim tarixchilari va huquqshunoslari umuman ashyolarni ikki qismga bo'lganlar, ular quyidagilardir1. Xudo, Alloh huquqi (tabiiy huquq) tomonidan yaratilgan ashyolar; 2. Xuda, Allohning yerdagi vakili bo'lgan insonlar huquqi tomonidan. vujudga kelgan ashyolar. Alloh huquqi (tabiiy huquq) tomonidan yaratilgan ashyolar faqat Ollohning ma'lum, nihoyatda kuchli va yuqori bo'lgan, shaxslar unga bo'ysunishi asosida bo'lgan fuqarolik munosabatidan chiqarilgan va huquqiy sohalar bilan tartibga solinmaydigan sakral huquqlarga aytilgan. Rimliklar qadimdan ashyolarni yana ikki qismga, ya'ni sa- kral ashyolar va diniy ashyolarga bo'lganlar. Sakral ashyolarga Xuda Alloh huquqi (tabiiy huquq) tomonidan berilgan ashyolar kiritilib, ular ommaviy qarorlar, ya'ni Alloh tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida vujudga kelgan. Diniy ashyolarga esa xususiy huquq bilan belgilangan yoki insonning shaxsiy qarori bilan vujudga keladigan munosabatlar kiritilgan. Masalan: insonning dafn etilishi va bu joyning muqaddas joyga aylanishi, insonning faqat o'z erki bilan bog'liq bo'lgan harakatlarini amalga oshirishga tushunilgan. Inson huquqlari bilan bog'liq munosabatlar ashyolar yoki huquqiy sohalar, ya'ni Rim davlatining ommaviy huquqi va xususiy huquqlari bilan tartibga solingan. Rim huquqida shunday ashyolar bo'lganki, ularning subyekti Rim xalqi bo'lib hisoblangan (Populus Romanus) ular ommaviy huquq bilan bog'liq bo'lgan. Ular quyidagilardan iboratdir: 1. Rim jamiyati a'zolarining barchasi tomonidan umumiy asosda foydalaniladigan ya'ni daryolar, portlar, yo'llar, teatrlar, stadionlar va boshqa ommaviy xarakterga ega bo'lgan ashyolar; 2. Davlatga oid bo'lgan maxsus foydalaniladigan ashyolar, davlat xazinasi, harbiy obyektlar, qurol aslahalar va boshqa ashyolardan iborat bo'lib, ular maxsus huquqiy rejim qo'llanishini taqozo etadi hamda fuqaro tomonidan foydalanishi chegaralangan huquq obyektlaridan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.69 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.69 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:58 ]
Arxiv ichida: docx