Rim huquqi fanining predmeti va manbalari Reja: 1.Rim huquqining predmeti. 2.Rim huquqining ekspluatatsiyaga asoslangan davlatlar huquqi rivojlanishidagi roli. 3.Rim huquqini o'rganishning yuristlar uchun ahamiyati. 4.Rim yuristlarining faoliyati. 5.Rim huquqining manbalari. Rim huquqi fanini o'rganish uchun eng avvalo uning mazmuni, mohiyati va oliy o'quv yurtlarida o'rganishdan asosiy maqsadni aniqlashimiz lozim. Hozirgi zamon fuqarolik huquqini mohiyatini anglab etishda eng avvalo Qadimgi Rim yurisprudensiyasini, uning tarixini hamda huquq retseptini tashkil etgan umumiy metodologik qoidalarga asosiy etiborni qaratish lozim. Umuman olganda Rim huquqi xususiy huquqning quldorchilik, feodal va kapitalistik huquqning rivojlanishida uning ta'siri nixoyatda katta bo'lgan. Rim huquqining huquqni rivojlantirishdagi roli ikki holat bilan izoxlanadi: Birinchidan, Rim huquqshunoslari birinchi bo'lib, cheklanmagan xususiy mulkchilik huquqini, yani xususiy mulk asosiga ega bo'lgan eng mukammal huquq formasini ishlab chiqqanlar va rivojlantirganlar va bu huquq tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyatining birinchi jahonshumul huquqi bo'lib hisoblangan. Ikkinchidan, Rim huquqini o'rganishda uning ishlab chiqarish munosabatlariga bog'liq ekanligi, hamda ishalb chiqarishning rivojlanishi natijasida va Rim jamiyatidagi sinfiy kurashning o'sishi bilan bog'liqligini aniqlash zarur. Haqiqatdan ham, tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyatning birinchi jahonshumul huquqini yani oddiy tovar egalari o'rtasidagi muhim huquqiy munosabatlarning hammasi haridor va sotuvchi, kreditor va qarzdor, huquq va majburiyat va hakozolar bilan juda aniq qilib ishlab chiqilgan Rim huquqini asos qilib olish ham mumkin. XXV asr muqaddam vujudga kelgan Rim quldorchilik davlatining fuqarolik xususiy huquqi tarixini o'rganish huquqiy hayotimizning zaruriy masalalaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi mustaqil, suveren, huquqiy davlat sifatida fuqarolik jamiyatini shakllantirar ekan, u iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy sohalarda jahondagi barcha davlatlar bilan shartnomalar tuzish, aloqalar o'rnatish borasida qator ishlarni amalga oshirmoqda Jahon madaniyatining huquqiy yodgorligi sifatida nom qoldirgan Rim huquqini o'rganmasdan, uning ildizlariga etmasdan, chuqur huquqiy bilimni egallash huquq tarixi durdonalaridan baxramand bo'lish nixoyatda murakab. Takidlash lozimki 1804 yilgi Napoleon fuqarolik kodeksidan boshlab, 1896 yilgi Germaniya fuqarolik ulojeniyasi va boshqa Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlari ko'pchiligining fuqarolik va savdo kodekslari Rim huquqining normalariga asoslanib qabul qilingan. Ularning eng asosiy maqsadi xususiy mulkni «muqaddaslashtirish», iqtisodda xukmron bo'lgan sinf vakillarining erki, irodasi va manfaatini qonun darajasiga ko'tarib, uni mustahkamlashdan iboratdir. Rim huquqshunoslari xususiy mulk asosiga ega bo'lgan eng mukammal huquq shaklini ishlab chiqqanlar, hamda bu huquq tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyatining birinchi jahonshumul huquqi asosida etirof etilgan. Rim huquqshunoslari tsivilistika (fuqarolik huquqi)ga oid bo'lgan tushunchalarni, yani shaxslar tushunchasi, fuqarolik huquq va muomala layoqati, davo muddatlari, ashyolar, mulk huquqi, boshqa shaxslarning mulkiga bo'lgan huquq, uning turlari va elementlari, egalik tushunchasi, foydalanish va tasarruf etish, shartnomalar, majburiyat huquqi, bitimlar, oila-nikoh munosabatlari, vorislik va boshqa ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.76 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.76 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:58 ]
Arxiv ichida: doc