Rim huquqida majburiyat instituti

Rim huquqida majburiyat instituti

O'quvchilarga / Huquq
Rim huquqida majburiyat instituti - rasmi

Material tavsifi

MAVZU:Rim huquqida majburiyat instituti Mavzuning rejasi : Majburiyat tushunchasi, turlari. Majburiyat munosabatlarining vujudga kelish asoslari. Majburiyatni bajarish joyi tushunchasi va ahamiyati. Majburiyatni bajarish muddati va uni kechiktirish. 5. Majburiyatlarni bajarilishini ta'minlash usullari. Majburiyat tushunchasi Majburiyat tushunchasi haqida olimlarning turli xil qarashlari mavjud: Taubenshlag Pavel M.Andreev Yustinian digestlarida H. Rahmonqulov O'zb. Res. F.K 234-m. Shomuxammedova Z Topildiev.V.R. Majburiyat huquqiy munosabatlarining kelib chiqish asoslariga hamda ahamiyatiga qarab turlari: XII Jadval qonunlarida va boshqa qonunlar tomonidan etirof etilgan fuqarolik majburiyatlari (tsivil majburiyatlari) Pretorlar tomonidan himoya qilinadigan majburiyatlar (pretorlar majburiyatlari) Bo'linadigan va bo'linmaydigan majburiyat Alternativ va fakultativ majburiyatlar Natural majburiyatlar XII Jadval va boshqa qonunlar tomonidan etirof etilgan fuqarolik (tsivil majburiyatlari) Tsivil majburiyatlari tsivil fuqarolik huquqiga ega bo'lgan shaxslar o'rtasida tuzilgan shartnomalar asosida vujudga kelgan.Shartnomalar bo'yicha to'lanadigan qarz foizining miqdori to'g'risidagi qabul qilingan qonun-qoidalar faqatgina rim fuqarolariga tegishli bo'lib, ajnabiylar va qullarga joriy qilinmagan. Rim huquqining o'ziga xos xususiyatlaridan biri Tsivil majburiyatlarini natural majburiyatlarga qarama-qarshi qo'yish edi. Pretorlar tomonidan himoya qilinadigan majburiyatlar (pretorlar majburiyatlari) Rim huquqshunoslari pretorlarning huquqiy holatini belgilaganda, ularning «faqat davo qilish vakolatlari bor» degan tushunchani ilgari surgan. Ammo pretorlar majburiyatlari pretorlarning kelishuvlari yoki paktlari deb tushunmasligi va pretorlar majburiyatlarining keng manoga ega ekanligini tasdiqlab berganlar. Rim fuqarolik huquqida huquqiy himoya bilan ta'minlanmagan majburiyatlar, hamda majburiyat asosida to'langan ashyolarni qaytarib olishi mumkin bo'lmagan majburiyatlarga natural majburiyatlar deyilgan. Natural majburiyatlar deb ota xumronligi davrida unga bo'ysunuvchi qullar, farzandlar tomonidan, oila boshlig'ining roziligisiz tuzilgan bitimlarga aytilgan. Ota butun oilasi va ota xukmronligi ostidagi qullar uchun javobgar bo'lgan. Ota oila nomidan shartnomalarni tuzgan va mulkiy javobgarliklarni o'tagan. Majburiyat bo'yicha to'langan ashyolar yoki mulklarni qaytarib olish biroz murakkablikni keltirib chiqargan. Yustinian Digestlarida ko'rsatilishicha, natural majburiyatlar adolat tamoyillariga asoslangan va u bilan doimo bog'liq bo'lgan. Natural majburiyatlar Bo'linishi mumkin bo'lgan majburiyatlarga ashyoning mohiyati, mazmuni, qiymati buzilmasdan, zarar etkazilmasdan bo'linadigan tovarlar, ashyolar, ekvivalentlar, valyo'talar va qimmatbaho qog'ozlar va shunga o'xshash moddiy qiymatliklarni o'zida saqlab qoluvchi narsalar hisoblangan. Bo'linmaydigan majburiyatlar majburiyatni bajarish chog'ida ashyoning mohiyati, qiymati buzilmasdan, zarar etkazilmasdan bo'linishi mumkin bo'lmagan tovarlar, ekvivalentlar hisoblangan. Servitut huquqi bo'yicha asosan qatiy belgilangan joydan hayvonlarni xaydab o'tish, bu bo'linmaydigan majburiyat hisoblangan. Bo'linadigan va bo'linmaydigan majburiyat Alternativ va fakultativ majburiyatlar Alternativ majburiyatda qarzdor ko'rsatgan shaxslar yoki ulardan birortasi tomonidan majburiyatning bajarilishi ushbu majburiyatning lozim darajada bajarilgani deb tushuniladi. Yani majburiyatning kim tomonidan bajarilishi katta ahamiyatga ega bo'lmagan. Alternativ va fakultativ majburiyatlar bir-biriga o'xshasada, lekin Rim fuqarolik huquqida tuzilgan shartnomaning bajarilishini shartnomada ko'rsatilgan asosda, yani qatiy belgilangan tovarni, ashyoni yetkazib berishning o'rniga boshqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.28 MB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.28 MB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga